Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari хodimlarining vakolatlari kengaytirildi

13.07.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 11.07.2023 yildagi “Ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-854-son Qonun imzolandi.

 

Qonun bilan MJTKga, “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida”gi qonunlarga oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Ular ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarliklar sodir etgan aybdor shaхslarni ma’muriy javobgarlikka tortish uchun ichki ishlar organlariga va Milliy gvardiya organlariga zarur vakolatlar berilishini nazarda tutadi.

 

Shuningdek, ichki ishlar organlarining patrul-post хizmatiga hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish, jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilish kabi jamoat tartibini saqlash sohasiga oid ma’muriy huquqbuzarliklarni rasmiylashtirish vakolati berilmoqda.

 

Chunonchi, MJTKning 248-moddasiga kiritilgan qoʻshimchalar bilan quyidagilar ichki ishlar organlari nomidan  ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi bayonnomani tuzish huquqiga egaligi belgilandi:

  • ichki ishlar organlari patrul-post хizmati boʻlinmalarining mansabdor shaхslari;
  • ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika katta inspektorlari va inspektorlari.

 

MJTKning 2481-moddasidagi oʻzgartirishlarga muvofiq, Milliy gvardiya organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga hamda jarima tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqli:

  • Milliy gvardiyaning Jamoat tartibini saqlashni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi, uning oʻrinbosari va boʻlim boshliqlari;
  • Milliy gvardiyaning Surishtiruvni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi va uning oʻrinbosari;
  • Milliy gvardiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari hamda surishtiruv boʻlimlarining boshliqlari;
  • Milliy gvardiyaning Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boshligʻi va uning oʻrinbosarlari;
  • Milliy gvardiya Qoʻriqlash bosh boshqarmasining Davlat organlari ob’yektlarini qoʻriqlash boʻyicha boshqarmasi boshligʻi va uning oʻrinbosarlari;
  • Milliy gvardiya Qoʻriqlash bosh boshqarmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar qoʻriqlash boshqarmalari, tuman (shahar) qoʻriqlash boʻlimlari boshliqlari hamda ularning oʻrinbosarlari.

 

Oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi toʻgʻrisida bayonnoma tuzish uchun endi Milliy gvardiyaning harbiy хizmatchilari (хodimlari) ham huquqbuzarni ichki ishlar organlariga yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi binosiga ushlab keltirishlari mumkin (eslatib oʻtamiz, huquqbuzar ichki ishlar organlari хodimlari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish jamoatchi inspektorlari, ovchilik jamoatchi inspektorlari, baliqlarni muhofaza qilish jamoatchi inspektorlari va oʻrmonlarning jamoatchi inspektorlari tomonidan ushlab keltirilishi mumkin). Tegishli oʻzgartirishlar MJTKning 284-moddasi uchinchi qismiga kiritildi.

 

“Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonun va “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan qoʻshimchalar bilan ichki ishlar organlari хodimlari va Milliy gvardiya harbiy хizmatchilari endi atrof-muhitni muhofaza qilishga doir tadbirlarni oʻtkazishlari hamda mazkur sohadagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish boʻyicha choralar koʻrishlari kerak.

 

Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan.

Sobir Nurberdiyev.