Vazirlar Mahkamasining 24.02.2026 yildagi "Davlat organlari va tashkilotlarining ijro intizomiga mas’ul tuzilmasi хodimlarining malakasini oshirish tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 72-son qarori qabul qilindi.
Prezidentning 25.07.2025 yildagi PF-117-son Farmoniga muvofiq davlat organlari va tashkilotlarining ijro intizomiga mas’ul boʻlinmalari хodimlarini har uch yilda bir marotaba reja-grafik asosida Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligida malakasini oshirish amaliyoti joriy etilmoqda.
Hujjat bilan Davlat organlari va tashkilotlarining ijro intizomiga mas’ul tuzilmalari хodimlarining malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom hamda malaka oshirishning namunaviy reja-jadvali tasdiqlandi.
Ijro intizomiga mas’ul хodimlarning malakasini oshirish nazariy va amaliy tayyorgarlik shaklida amalga oshiriladi. Bunda, nazariy tayyorgarlik Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida, amaliy tayyorgarlik esa Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi va ijro intizomi boʻyicha namunali davlat organida tashkil etiladi.
Malaka oshirishning umumiy davomiyligi 40 soatni, shu jumladan 24 soatlik nazariy tayyorgarlikni tashkil etadi.
2026 yilda ushbu jarayonni aprel oyidan boshlash rejalashtirilgan.
Adliya vazirligi tomonidan ijro intizomiga mas’ul хodimlarning ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi va yuritiladi. Malaka oshirish natijalariga koʻra guvohnoma beriladi.
Xodimlarni oʻqitish bilan bogʻliq хarajatlar ularni oʻqitishga yuborgan tashkilotning byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.02.2026 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova



