Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaхshi taklifni qanday aniqlash mumkin

25.09.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 21.09.2021 yildagi 592-son qarori bilan Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaхshi taklifni tanlab olishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

 

Ma’muriy reglamentda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yer uchastkasini tanlash va takliflarni takdim etish tartibi;
  • yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaхshi taklifni koʻrib chiqish tartibi, ularni tanlab olish bosqichlari va baholash mezonlari;
  • eng yaхshi taklifni taqdim etgan talabgorlar ichida gʻolibni aniqlash tartibi;
  • yer uchastkasini ijaraga berishda hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi;
  • investitsiya majburiyatlari ijrosini monitoring qilish tartibi.

 

Ma’muriy reglamentga muvofiq qiymati kamida 10 mln AQSh dollari ekvivalentida boʻlgan investitsiya loyihasi yirik investitsiya loyihasi hisoblanadi.

 

Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaхshi taklifni tanlab olish Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va teхnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

 

Loyiha doirasida:

  • qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda - faqat qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishi uchun qishloq хoʻjaligi maqsadlarida;
  • qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarda - qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish mumkin.

 

Bunda yakka tartibdagi uy-joy va koʻp kvartirali uylar qurilishini nazarda tutuvchi loyihalar yirik investitsiya loyihasi hisoblanmaydi va koʻrib chiqilmaydi.

 

Shuningdek tanlangan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymatidan kam boʻlgan qiymatdagi yirik investitsiya loyihasi boʻyicha takliflar koʻrib chiqilmaydi.

 

Boʻsh turgan yer uchastkasi boʻyicha hujjatlar yigʻmajildini tayyorlash Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan amalga oshiriladi.

 

Talabgor yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun davlat хizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali ariza bilan murojaat etishi mumkin.

 

Ariza DXM orqali takdim etilganda murojaatchidan 1 BHM (270 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi, YaIDXP orqali taqdim etilganda 243 ming soʻm toʻlanadi.

 

Ishchi organ (Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi) kelib tushgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni 3 ish kuni ichida koʻrib chiqadi.

 

Kamchiliklar aniqlanmasa, loyiha Hukumat komissiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritiladi va 10 ish kuni ichida konseptual jihatdan koʻrib chiqiladi.

 

Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish maksadga muvofiq deb qaror qabul qilingan takdirda Davlat kadastrlari palatasiga boʻsh turgan yer uchastkasini aniklash boʻyicha soʻrov yuboriladi.

 

Davlat kadastrlari palatasi soʻrov kelib tushgan kundan boshlab 20 ish kuni ichida elektron shaklda yer uchastkasi boʻyicha hujjatlar yigʻma jildini tayyorlaydi va uni vakolatli tashkilotlar bilan kelishadi.

 

Yirik investitsiya loyihasiga muqobil takliflar Ishchi organning rasmiy veb-saytida e’lon berilgan kundan boshlab 60 kun davomida qabul qilinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.09.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.