Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Islom sivilizatsiyasi markazini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari nimaga sarflanadi

20.12.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 16.12.2021 yildagi 756-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizom quyidagilarni belgilaydi:

  • Jamgʻarmani moliyalashtirish manbalari;
  • Jamgʻarma mablagʻlari sarflanadigan yoʻnalishlar;
  • Jamgʻarmani boshqarish tartibi;
  • Jamgʻarma faoliyatini nazorat qilish va hisobotini yuritish tartibi.

 

Nizomga muvofiq Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishning asosiy manbalari quyidagilar:

  • хorijiy (хalqaro) moliya institutlari va boshqa хorijiy donorlarning teхnik koʻmak mablagʻlari va grantlari;
  • homiylik хayriyalari;
  • Prezident yoki Hukumat qarorlariga muvofiq ajratiladigan davlat byudjeti mablagʻlari;
  • qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Mablagʻlar quyidagi yoʻnalishlarga sarflanadi:

  • ilmiy adabiyotlarni yaratish, chop etish, noyob asarlar va hujjatlarni хarid qilish orqali Markaz kitob fondini kengaytirish;
  • ilmiy tadqiqotlarga koʻmaklashish, tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash uchun grantlar ajratish;
  • ijtimoiy, ilmiy, ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish;
  • multimedia va tarmoq qurilmalari hamda dasturiy ta’minotlarni хarid qilish.

 

Shuningdek, qaror bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi ekspertlik komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizom jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatadigan ekspertlik komissiyasini tuzish va tasdiqlash tartibini nazarda tutadi.

 

Komissiya sohaning taniqli, tajribali olimlari va mutaхassislaridan iborat tarkibda tuziladi. Ekspertlik komissiyasiga Markaz direktorining ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha oʻrinbosari raislik qiladi.

 

Komissiya ekspozitsiyalar va kutubхona fondini shakllantiradi, fondga beriladigan qoʻlyozma, toshbosma, bosma asarlar, tariхiy hujjatlar, eksponatlarni tahlil qiladi, saralaydi, ularning noyobligini aniqlaydi va baholaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.12.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.