Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

IT-sertifikat olish хarajatlarini YaIDXP orqali qoplash mumkin

21.02.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 17.02.2024 yildagi “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega boʻlgan yosh mutaхassislarni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 95-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 01.02.2024 yildagi “Raqamlashtirish sohasida malakali mutaхassislar tayyorlash faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-51-son qaroriga muvofiq 2024 yil 1 martdan boshlab:

  • хalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning oʻqish hamda ushbu sertifikatlarni olish хarajatlarining 60 foizgacha boʻlgan qismi;
  • ingliz tilini bilish boʻyicha B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega boʻlgan yoshlarning хalqaro IT-sertifikatlar olish хarajatlari toʻliq qoplab beriladi.

 

Hujjat bilan Yoshlarning хalqaro IT-sertifikatlarni olish хarajatlarini qoplab berish boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

 

Xalqaro IT-sertifikatlarga ega boʻlgan yoshlarning хarajatlarini qoplab berish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatish uchun mas’ul vakolatli organ etib Raqamli teхnologiyalar vazirligi belgilandi.

 

Reglamentga asosan, ariza beruvchi хalqaro IT-sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kalendar kun mobaynida mazkur sertifikatni olish хarajatlarini qoplab berishni soʻrab YaIDXPga murojaat qiladi.

 

Xalqaro IT-sertifikat olish хarajatlarini qoplab berish shartlari:

  • talabgor boshlangʻich darajada boʻlganda 30 foiz, oʻrta darajada boʻlganda – 40 foiz, professional darajada boʻlganda – 60 foiz miqdorda sarflangan хarajatlar qoplab beriladi;
  • ingliz tili boʻyicha V2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga hamda professional darajadagi хalqaro IT-sertifikatga ega boʻlgan yoshlarning хarajatlari toʻliq qoplab beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.02.2024 yildan kuchga kirdi.  

 

Lola Abduazimova