Vazirlar Mahkamasining 11.03.2020 yildagi 143-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasida badminton sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.
Asosiy yoʻnalishlardan biri – badminton sport turi bilan shugʻullanuvchilar uchun shart-sharoitlar yaratish, ushbu yoʻnalishda davlat-хususiy sheriklik sub’yektlarining faoliyatini rivojlantirish.
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida badminton sport turi uchun kafedra tashkil qilinadi hamda ushbu yoʻnalish boʻyicha bakalavriatga qabul kvotalari oshiriladi.
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaхassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida badminton sport turi uchun 3 oylik qisqa muddatli qayta tayyorlash kurslari tashkil etiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.03.2020 yildan kuchga kirdi.