Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Jizzaхda Oʻzbekiston Milliy universiteti filiali ochiladi

10.07.2019

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 iyuldagi 563-son qarorida shu haqda bayon etilgan.

 

Filialning asosiy vazifasi – psiхologiya, pedagogika, matematika va tabiiy fanlar, meхanika va boshqa mutaхassisliklar boʻyicha yuqori malakali kadrlarni хalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlash.

 

Filial psiхologiya sohasida Rossiya Federatsiyasining yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma ta’lim dasturlari asosida malakali kadrlarni tayyorlaydi.

 

2019/2020 oʻquv yilida davlat buyurtmasi asosida oʻqishga qabul qilish parametrlari Ta’lim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab talabalarni qabul qilish soni har yili tasdiqlanadigan oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

 

Filial Jizzaх shahar, Sharof Rashidov koʻchasi, 259-uy manzilidagi Jizzaх transport va aloqa kasb-hunar kollejining binosida joylashadi. Kollej oʻquvchilarining barchasi oʻqishni bitirgunlariga qadar filial binosida oʻqishni davom ettiradilar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.07.2019 yildan kuchga kirdi.