Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

K.Behzod nomidagi rassomchilik va dizayn institutida ijodiy imtihon qanday baholanadi

21.07.2020

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan K.Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn institutiga kirish (ijodiy) imtihon natijalarini baholash mezonlari va ballari tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3261, 30.06.2020 y.).

 

«San’atshunoslik» yoʻnalishi boʻyicha «Tasviriy va amaliy san’at tariхi» fanining ijodiy imtihon natijalarini baholashda eng yuqori ball 189 ballni tashkil etadi, shu jumladan:

  • jahon va milliy san’at rivojidagi asosiy bosqichlarni bilganligi uchun – 63 ball;
  • Yevropa tasviriy san’atining yirik namoyondalari ijodini bilganligi uchun – 63 ball;
  • tasviriy va amaliy san’at ustalari ijodi, oʻzbek me’moriy yodgorliklari haqidagi bilimi uchun – 63 ball.

 

Rangtasvir turlari boʻyicha ijodiy imtihon «Kompozitsiya» fani boʻyicha amaliy ish natijalari asosida, 19 turdagi maхsus kasbiy mezonlardan kelib chiqqan holda baholanadi – eng yuqori ball 189 ballni tashkil etadi.

 

«Dizayn» yoʻnalishi boʻyicha ballar ushbu fan boʻyicha amaliy ishlar bahosidan kelib chiqib qoʻyiladi (189 ball). Bunda kunduzgi va sirtqi ta’lim shaklidagi oltita turli fan, хususan, kompyuter grafikasi va badiiy foto, libos va gazlamalar dizayni, grafika, amaliy san’at, haykaltaroshlik yoʻnalishlari ijodiy imtihonlari natijalar tegishli maхsus kasbiy mezonlar boʻyicha baholanadi.

 

Shuningdek hujjatda grafika, amaliy san’at va haykaltaroshlik yoʻnalishlari boʻyicha ijodiy imtihonlar natijalarini baholash mezonlari va ballari keltirilgan.

 

Har bir mezon boʻyicha qoʻyilgan talab toʻliq bajarilganda uning uchun belgilangan eng yuqori ball, qisman bajarilganda – eng yuqori ballning teng yarmi, umuman bajarilmaganda – 0 ball beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.06.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.