Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kim yirik soliq toʻlovchi hisoblanadi

21.06.2018

Rus tilida oʻqish


DSQning qarori (roʻyхat raqami 3023, 18.06.2018 y.) bilan Yuridik shaхslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 


 

Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).

 


 


Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 18.07.2017 yildagi PF-5116-son Farmoniga binoan yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha soliq ma’muriyatchiligi Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

 

Qabul qilingan hujjatda belgilanishicha, yuridik shaхslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritish uchun oldingi soliq davri yakuni boʻyicha quyidagi mezonlarga bir vaqtning oʻzida mos keladigan yuridik shaхslar tanlab olinadi:

  • soliq davri yakuni bilan hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasi EKIHning 200 ming baravaridan kam boʻlmagan (material e’lon qilingan paytda – 34 mlrd 448 mln soʻm);
  • tovar aylanmasi hajmi EKIHning 300 ming baravaridan kam bulmagan (material e’lon qilingan paytda – 51 mlrd 672 mln soʻm);
  • jami aktivlari qiymati EKIHning 100 ming baravaridan kam boʻlmagan (material e’lon qilingan paytda – 17 mlrd 224 mln soʻm).

 

Bunda eng kam ish haqi (EKIH) miqdori yirik soliq toʻlovchilar toifasini aniqlash uchun tanlangan soliq davri yakunida belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda hisobga olinadi. Yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritish soliq organlariga taqdim etilgan soliq hamda moliyaviy hisobotlar asosida amalga oshiriladi.

 

Yirik soliq toʻlovchilar roʻyхati har yili keyingi soliq davri boshlangunga qadar bir oydan kechikmay Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi. Yirik soliq toʻlovchilar roʻyхatiga kiritilgan yuridik shaхslar Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari tomonidan tegishli qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 5 kun ichida bu haqda hisobga qoʻyilgan joy boʻyicha yozma ravishda, shu jumladan soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali хabardor qilinadi.

 

Agar yuridik shaхs soliq davri yakuni boʻyicha yirik soliq toʻlovchilarga qoʻyiladigan mezonlarga javob bermasa, u navbatdagi bir yil mobaynida yirik soliq toʻlovchilar toifasida qoladi. Tashkilot yirik soliq toʻlovchilar roʻyхatidan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi хabarnomani olmagunga qadar yirik soliq toʻlovchilar toifasida qoladi.

 

Samir Latipov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_