Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Konstitutsiyaviy sud toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri ancha kengaytirildi

30.04.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 27.04.2021 yildagi «Konstitutsiyaviy sud toʻgʻrisida»gi OʻRQ-687-son Konstitutsiyaviy qonun imzolandi.

 

Qonun tahriri 13 bob va 101 ta moddadan iborat (avvalgi tahririda 5 bob va 45 ta modda boʻlgan).

 

Konstitutsiyaviy sud oʻzi kiritgan qonun loyihasini Qonunchilik palatasida koʻrib chiqish chogʻida ishtirok etish uchun oʻz vakilini tayinlaydi. Sud tarkibiga kiritilgan sudyalar soni, rais va uning oʻrinbosarini qoʻshgan holda, 7 nafardan 9 nafargacha oshirildi.

 

Konstitutsiyaviy sud sudyasining vakolatlari muddati navbatdagi saylanganida 10 yilni tashkil etadi. Avvalgidek, Konstitutsiyaviy sud sudyasiga oliy yoki birinchi malaka darajasi beriladi. Biroq endi birinchi malaka darajasi Konstitutsiyaviy sud tomonidan beriladigan boʻldi (ilgari – ikkala malaka darajalari Prezident tomonidan berilgan).

 

Belgilanishicha, Konstitutsiyaviy sudning sudyasiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi unga oʻta ogʻir jinoyat yoхud odamning oʻlimiga sabab boʻlgan boshqa qasddan jinoyat sodir etganlik aybi qoʻyilgan hollardagina qoʻllanilishi mumkin. Konstitutsiyaviy sud raisi Qonunchilik palatasi va Senatning, ularning organlarining, shuningdek Oliy sud Plenumining majlislarida ishtirok etishi mumkin. Konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritish kollegial tarzda amalga oshiriladi (ilgari – ishlarni koʻrib chiqish va qaror qabul qilish toʻrt sudyadan kam boʻlmagan tarkibda kollegial tarzda amalga oshirilgan).

 

«Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish. Murojaatni dastlabki tarzda koʻrib chiqish va oʻrganish. Ishni koʻrish uchun qabul qilish» deb nomlangan bob kiritildi. Unda quyidagilar belgilangan:

  • Konstitutsiyaviy sudga murojaatga qoʻyiladigan talablar;
  • murojaatga ilova qilinadigan hujjatlar;
  • ayrim murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi;
  • murojaatni koʻrib chiqish uchun qabul qilishni rad etish tartibi va boshqalar. 

 

Quyidagilar ham Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqiga ega:

  • hisob palatasi a’zolari (ilgari – hisob palatasi raisi);
  • Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz;
  • Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil.

 

Qonun fuqarolar va yuridik shaхslarning fikricha, ularning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini buzayotgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq kelmasa hamda sudda koʻrilishi tugallangan muayyan ishda qoʻllanilgan boʻlsa va sudda himoya qilishning barcha boshqa vositalaridan foydalanib boʻlingan boʻlsa, ular qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish toʻgʻrisidagi shikoyat bilan Konstitutsiyaviy sudga murojaat etishga haqlidir.

 

Hujjat 28.04.2021 yilda «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan.

 

Nargiza Vohidova.