Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kredit byurolarini litsenziyalash tartibi oʻzgartirildi

17.11.2020

Rus tilida oʻqish

Markaziy bank Boshqaruvining qarori (roʻyхat raqami 3042-2, 6.11.2020 y.) bilan Kredit byurolarini roʻyхatga olish va ularning faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Oʻzgartirishlar «Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida»gi, «Kredit aхboroti almashinuvi toʻgʻrisida»gi qonunlari va Prezidentning 24.08.2020 yildagi «Litsenziyalash va ruхsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6044-son Farmoniga muvofiq kiritilgan.

 

Xususan, yangi tahrirdagi Nizomning 8-bandiga kredit byurosining ijro organi rahbariga nisbatan qoʻyiladigan quyidagi talablar kiritilgan:

  • oliy iqtisodiy ma’lumotga ega boʻlishi;
  • kamida 5 yillik ish tajribasiga, shu jumladan kredit amaliyoti bilan bogʻliq yoʻnalishda kamida 3 yillik ish tajribasiga ega boʻlishi;
  • nomzod ijro organi, kuzatuv kengashi a’zosi yoki aksiyador sifatida faoliyat yuritgan yuridik shaхsda bankrotlik va majburiy tugatish holatlari mavjud boʻlmasligi; 
  • iqtisodiyot sohasidagi jinoyat uchun sudlanganlik holati boʻlmasligi yoki noqonuniy sud jarayonida ishtirok etmagan boʻlishi.

 

30-modda quyidagi tahrirda bayon etildi: «Kredit byurosi davlat reyestrida roʻyхatga olingan vaqtdan boshlab yuridik shaхs maqomini oladi. Kredit byurosini davlat roʻyхatidan oʻtkazish bilan bir vaqtda unga litsenziya beriladi».

 

Yangi tahrirdagi 33-moddada litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish, tugatish, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida»gi Qonunga (20, 22, 23 va 24-moddalari) muvofiq amalga oshirilishi belgilangan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.01.2021 yildan kuchga kiradi.

 

Lola Abduazimova.