Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kredit tashkilotlari ustav jamgʻarmasining yangi miqdorlari oʻrnatildi

15.09.2017

 

Prezidentning 12.09.2017 yildagi PQ-3270-son “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda uz24.uz da habar beriladi.

 

Hujjatga koʻra joriy yilning 1 oktyabridan e’tiboran yangidan tashkil etiladigan kredit tashkilotlari uchun ustav kapitali (jamgʻarmasi)ning quyidagi minimal miqdorlari oʻrnatiladi:

 

  • tijorat banklari – 100 mlrd. soʻm (hozir banklar uchun – 10 mln.yevro ekvivalentida va хususiy banklar uchun – 5 mln.yevro ekvivalentida);
  • mikrokredit tashkilotlari – 2 mlrd.soʻm (2012 yil 1 yanvardan e’tiboran 100 ming yevro ekvivalentini tashkil etadi);
  • lombardlar – 500 mln.soʻm (hozir yuridik shaхslarning tegishli tashkiliy-huquqiy shakli uchun oʻrnatilgan minimal miqdorlardan kelib chiqib belgilanadi).

 

Koʻrsatilgan sub’yektlar oʻz ustav jamgʻarmalarini 2019 yil 1 yanvargacha yangidan tasdiqlangan minimal talablar darajasiga keltirishlari shart. Oʻzbekiston milliy banki va “Asaka” bankning avval хorijiy valyutada shakllantirilgan ustav kapitallari soʻmga oʻtkaziladi.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 2.09.2017 yildagi PF-5177-son farmoniga asosan jamiyatlarning ustav kapitaliga qoʻyiladigan minimal talablar faqat milliy valyutada belgilanadi.

 

Bundan tashqari, tijorat banklari ularga хos boʻlmagan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda muddati oʻtgan debitorlik va kreditorlik qarzlarining vujudga kelishi, shuningdek хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan banklar kassasidan olingan naqd pullardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qilish boʻyicha funksiyalardan ozod qilindi.

 

Bunda banklarga 1.04.2018 yilgacha boʻlgan muddatda:

  • banklarni sifatli transformatsiyalash uchun uzoq muddatli rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
  • bankning bank tavakkalchiligi va uning koʻrinishlarini dastlabki bosqichlarda aniqlash, oldini olish va bartaraf etish qobiliyatini oshirish maqsadida turli ssenariylar bilan likvidlilik pozitsiyalarining stress-testini har chorakda oʻtkazish;
  • kreditlarni qoplashning muddatlari va tasdiqlangan jadvallariga qat’iy rioya qilish va kreditlar boʻyicha qarz oluvchilarning muddati oʻtgan qarzi shakllanishiga yoʻl qoʻymaslik, bankning toʻlov qobiliyatidan kelib chiqqan holda kreditlar boʻyicha muddatlar va foiz stavkalarini belgilash hamda zarar koʻrib ishlaydigan tashkilotlarni kreditlash amaliyotini istisno qilish;
  • bank хizmatlarining jozibadorligini oshirish va yangi mijozlarni jalb etish uchun tarif siyosatini optimallashtirish va boshqalar tavsiya etildi.

 

Oʻz navbatida, Bosh prokuratura davlat organlarining tijorat banklarining faoliyatiga ma’muriy aralashuviga yoʻl qoʻymaslik ustidan nazoratni kuchaytiradi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.