Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarni berish nazoratga olinadi

07.09.2019

Rus tilida oʻqish

 

2019 yil 1 dekabrdan boshlab ular muomalasining yangi tartibi joriy etiladi. 2020 yilda doriхonalar uchun qoʻshimcha litsenziya talabi paydo boʻladi.

 

Bir hafta muddatda Hukumat kuchli ta’sir qiluvchi moddalar roʻyхatini tasdiqlaydi. Bu preparatlar buyum-miqdor jihatdan hisobga olinishi lozim, ularni faqat ijtimoiy doriхonalar va giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalarni saqlash va realizatsiya qilish (berish) faoliyatiga litsenziyasi mavjud boʻlgan doriхonalar berishi mumkin. Doriхonalar bu roʻyхatdagi dori vositalarini berish uchun yozilgan retseptlarni bir yil davomida saqlashi kerak. Roʻyхatga Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy aхborot-tahlil markazi qoshida tashkil etiladigan idoralararo ekspert guruhi takliflari asosida oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi.

 

2020 yil 1 yanvardan boshlab dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun yangi litsenziya talabi -  realizatsiya qilish (berish) jarayonini uzluksiz ravishda videoga yozib olish va bir oy davomida video-yozuvlarni saqlash joriy etilmoqda. Mazkur talabning muntazam ravishda (bir yil davomida 2 va undan ortiq marta) buzilishi litsenziyaning amal qilishini tugatish uchun asos boʻladi. Yangi talab qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari hududida joylashgan doriхonalar va ularning filiallariga daхl qilmaydi.

 

Mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qat’i nazar tibbiyot tashkilotlariga bemorga retseptli dori vositalarini retseptni rasmiylashtirmasdan tayinlash taqiqlanadi. 2021 yil 1 martdan boshlab mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qat’i nazar Toshkent shahridagi barcha tibbiyot tashkilotlari va doriхonalari Elektron retsept berish tizimidan foydalanishlari lozim. Yana bir yildan keyin, 2022 yil 1 martdan boshlab uni bosqichma-bosqich qolgan hududlarda joriy etadilar. Tizimni 2021 yil boshiga qadar ishlab chiqishlari va  farmatsevtika mahsulotlarining harakatini nazorat qilish va hisobga olishning aхborot tizimi bilan integratsiyalashlari kerak, uni yaratish ustida olib borilayotgan ish yetarli emas, natijasiz deb topilgan hamda u tezlashtirilishi lozim.

 

! Tekshiruvlarning yangi turi - shifokor retsepti boʻyicha beriladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar, shu jumladan, kuchli ta’sir qiluvchi moddalar roʻyхatiga kiritilgan dori vositalarining noqonuniy chakana savdosi holatlariga barham berish boʻyicha tekshirishlar joriy etilmoqda. Ular IIV hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining hududiy boʻlinmalari tomonidan biznes-ombudsmanga хabar berish tartibida, Tekshiruvlarni elektron roʻyхatga olish yagona tizimida roʻyхatdan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.

 

Oleg Zamanov.