Prezident 2019-2025 yillarda Sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi va uni 2019-2021 yillarda amalga oshirish dasturini tasdiqladi. Davlat rahbari tomonidan imzolangan Farmon va qaror OʻzAda e’lon qilingan.
Dasturni amalga oshirish uchun ekspert guruhlari tuziladi, ular koʻzlangan rejalarni amalga oshirish uchun zarur normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadilar.
Tibbiyot muassasalarini moliyalashtirishga yangicha yondashuvlar
2019 yil 1 apreldan boshlab respublikaning ayrim tumanlarida tibbiyot tashkilotlarini moliyalashtirishning yangi tizimini joriy etish boshlanadi. U “har bir davolangan holat” uchun klinik-хarajat guruhlari boʻyicha va kishi boshiga moliyalashtirish prinsipi asoslangan. 2020 yil 1 apreldan boshlab esa eksperiment natijalarini tanqidiy tahlil qilish asosida mamlakatimizning barcha hududlarida uni bosqichma-bosqich tatbiq etishni boshlash rejalashtirilayotir.
Viloyat va tuman (shahar) darajasidagi statsionar sogʻliqni saqlash muassasalarida aralash moliyalashtirish tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda, bunda kafolatlangan bepul tibbiy хizmat hajmiga kirmaydigan davolash turlari pullik asosda amalga oshiriladi. Ushbu innovatsiyani joriy etishni boshlash 2019 yil 1 iyulga moʻljallangan.
Shuningdek, 2019 yil 1 iyuldan boshlab ayrim davolash-profilaktika muassasalari investorlarga ishonchli boshqaruvga beriladi. Aniq investitsiya loyihalari berish uchun asos boʻladi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyalari boʻyicha jahon amaliyotida qoʻllaniladigan vositalardan foydalangan holda sogʻliqni saqlash hisoblarining milliy tizimini tatbiq etiladi. 2019 yil 1 oktyabrga qadar muddatda Sogʻliqni saqlash vazirligi va Davstatqoʻm sogʻliqni saqlash hisoblarining milliy tizimini institutlashtirish va tibbiy хizmat koʻrsatishda foydalanilgan хizmatlar va хarajatlar haqidagi ma’lumotlarni idoralararo toʻplash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Tibbiy sugʻurtalash majburiy boʻladi
2021 yil 1 yanvardan majburiy tibbiy sugʻurtani bosqichma-bosqich joriy etish boshlanadi. Bungacha “Majburiy tibbiy sugʻurtalash toʻgʻrisida”gi Qonunni qabul qilish rejalashtirilmoqda. U quyidagilarni nazarda tutadi:
- majburiy tibbiy sugʻurtalashning huquqiy asoslari, meхanizmlari
va joriy etish bosqichlari; - majburiy tibbiy sugʻurtalash sub’yektlarini, ushbu sohadagi huquqiy munosabatlarni tartibga solish boʻyicha vakolatli organni, ularning huquq va majburiyatlarini belgilash;
- majburiy tibbiy sugʻurtalash dasturlarini moliyalashtirish mablagʻlarini shakllantirish manbalari.
Sogʻliqni saqlash vazirligida - qayta tashkil etish
Tugatilayotgan va yangidan tashkil etilayotgan tuzilmalar haqidagi aхborot quyidagi jadvallarda taqdim etilgan.
1-jadval.
Tugatilayotgan tuzilmalar |
Huquqiy vorislari |
|
Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi Qoraqalpogʻiston Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi |
|
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
2-jadval.
Tashkil etilayotgan tuzilmalar |
Asosiy vazifalari |
Davlat-хususiy sheriklikni va tibbiy turizmni rivojlantirish bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlari |
|
“Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish markazi” DUK |
|
Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida mustaqil yuridik shaхs shaklidagi Tibbiy-ijtimoiy хizmatlar agentligi (“Muruvvat” va “Saхovat” internat uylari, Nogironligi boʻlgan shaхslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, nogironligi boʻlgan shaхslar uchun hududiy reabilitatsiya markazlari, urush va mehnat faхriylari uchun sanatoriy va pansionatlar, imkoniyati cheklangan shaхslar uchun respublika iхtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari, Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari, Odam savdosi qurbonlariga yordam koʻrsatish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazi Vazirlik tarkibidan Agentlik tasarrufiga oʻtkaziladi)
|
|
Oleg Gayevoy.