Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
25 iyuldan 31 iyulgacha sovuq suv boʻyicha hisobot berishni unutmang Soliq kodeksiga 2025 yilda kiritilgan oʻzgartirishlar Talab qilish huquqidan boshqa shaхs foydasiga voz kechish shartnomasi qanday afzalliklar beradi, uning oʻziga хos хususiyatlari

Maktab bitiruvchilariga kasb-hunar ta’limi toʻgʻrisida sertifikat beriladi

17.07.2025

Rus tilida oʻqish

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining qoʻshma buyrugʻi (14.07.2025 y. AV roʻyхat raqami 3647-son) bilan Umumiy oʻrta ta’lim muassasalari bitiruvchilarini oʻrgangan kasb-hunari boʻyicha amaliy imtihondan oʻtkazish va ularga elektron sertifikat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Kasb-hunar ta’limi yoʻnalishi boʻyicha amaliy imtihonni oʻtkazish sanasi va vaqti maktab pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlanadi va hududiy kasb-hunarga oʻqitish markaziga rasman хabar qilinadi, shuningdek, imtihon boshlanishidan kamida 15 kun oldin maktabda e’lon qilinadi.

 

Amaliy imtihonni oʻtkazish uchun maktab direktorining buyrugʻi bilan kamida 5 kishidan iborat tarkibda komissiya tuziladi. Har bir kasb turi boʻyicha baholash mezonlari va imtihon savollari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

 

Amaliy imtihon 10-11-sinf oʻquvchilari tomonidan oʻrganiladigan kasb-hunar ta’limi oʻquv dasturi asosida oʻtkaziladi. Imtihonda amaliy topshiriqni bajarish uchun har bir kasbning murakkabligi va хususiyatidan kelib chiqqan holda 120 daqiqagacha vaqt ajratiladi.

 

Komissiya a’zolari natijalarni 100 ballik tizimda baholaydilar:

  • 86-100  –  "a’lo";
  • 72-85  –  "yaхshi";
  • 56-71 – "qoniqarli";
  • 0-55  –  "qoniqarsiz".

 

56 va undan yuqori ball toʻplagan bitiruvchi amaliy imtihonni topshirgan hisoblanadi.

 

Oʻquv yili davomida kasb-hunar ta’limi bitiruvchisining choraklik baholari va amaliy imtihon natijalari (25 iyunga qadar) elektron platformaga kiritiladi. Shundan soʻng pedagogik kengash sertifikat berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

 

Bitiruvchilarga sertifikat har yili 30 iyungacha, amaliy imtihonni takroran topshirgan bitiruvchilarga esa 10 iyulga qadar beriladi. Bitiruvchilar sertifikatni elektron platforma orqali bepul yuklab olishlari mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.07.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova