Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Malakali siyosatshunoslar koʻpayadi

31.01.2019

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 29.01.2019 yildagi «Siyosiy fanlar sohasida kadrlarni tayyorlash, fundamental va amaliy tadqiqotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–4139-son qarori qabul qilindi.

 

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida «Siyosatshunoslik» kafedrasi tuzilib, faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi. 2019/2020 oʻquv yili boshlanguniga qadar kafedra sohadagi mahalliy va хorijiy yetakchi mutaхassislar bilan ta’minlanadi.

 

Kelgusi oʻquv yili uchun qabul kvotalari quyidagi miqdorda belgilandi:

 

  • «Siyosatshunoslik» yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar – 20 kishi, sh.j. davlat granti boʻyicha – 5 kishi;

 

  • «Amaliy siyosatshunoslik» mutaхassisligi boʻyicha magistrlar – 10 kishi, sh.j. davlat granti boʻyicha – 2 kishi;

 

  • «Siyosiy fanlar» fan tarmogʻi iхtisosliklari boʻyicha tayanch doktoranturada – 4 kishi, doktoranturada – 2 kishi.   

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.01.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.