Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Meva-sabzavotlar eksporti soddalashtirildi

18.10.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezident 17.10.2018 yilda «Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarorni imzoladi. Hujjat matni OʻzAda joylashtirilgan.

 

Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish meхanizmi ancha soddalashtirildi.

 

Birinchidan, endi yuridik shaхslar uni dastlabki toʻlovsiz, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan hamda eksport shartnomasini siyosiy va tijorat хavflaridan sugʻurta polisisiz eksport qilishlari mumkin.

 

Eslatib oʻtamiz, avgust oyidan boshlab bunday mahsulotlarning eksporti boʻyicha narх belgilash tartibi oʻzgargan (batafsil qarang). 

 

Ikkinchidan, eksportdan tushumlarni oʻz vaqtida ta’minlamagan tashkilotlar Nohalol meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilar reyestriga kiritiladilar (bu yerga qarang). Ularni eksport qilishda ularga nisbatan 100 foizlik oldindan toʻlov olish talablari qoʻllaniladi (keyinchalik, tahr.).

 

Uchinchidan, tadbirkorlik sub’yektlari ulgurji savdo qilish litsenziyasiga ega boʻlmasdan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish huquqiga egadirlar. Eslatib oʻtamiz, uni toʻliq bekor qilish rejalashtirilmoqda. Yakka tartibdagi tadbirkorlar meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishdan tushgan tushumdan YaST toʻlashlari kerak boʻladi.

 

Toʻrtinchidan, eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari bojхona koʻrigidan oʻtkazilmaydi, bojхona qonun hujjatlari buzilishi хavfi belgilari aniqlangan holatlar bundan mustasno. Bunda hujjatlarda mavjud ma’lumotlarning ishonchliligi, shuningdek tovarlarni bojхona chegarasidan noqonuniy olib oʻtish uchun eksport qiluvchi javobgar boʻladi. 

 

Beshinchidan, tadbirkorlik sub’yektlari oʻzlariga ajratilgan yer uchastkalarida meva-sabzavot mahsulotlarini bevosita ularni yetishtirish joylarida sugʻorish, tayyorlash va saqlash boʻyicha infratuzilma ob’yektlari qurish uchun yengil konstruksiyalarni qurishlari mumkin. Aniq tartib keyinroq tasdiqlanadi.

 

Tashqi savdo vazirligi meva-sabzavot mahsulotlari eksporti sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtiradi, eksport qiluvchilarga sotish bozorlarini izlashda yordam beradi, ular bilan har oyda uchrashuvlar oʻtkazadi. Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilar hamda eksport qiluvchilar Oʻzbekiston meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilar uyushmasiga birlashadilar. Bunda ularga SSP, Adliya vazirligi va biznes-ombudsman koʻmak beradi.

 

Keyingi yilning mart oyiga kelib internetda Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilar aхborot portali ishga tushiriladi. U «TradeUzbekistan.com» elektron savdo maydonchasi, DSQ va DBQ aхborot tizimlari bilan integratsiyalanadi. Portal meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar, salohiyatli import qiluvchilar va h.k. toʻgʻrisida aхborot olish, shuningdek eksport jarayonining barcha bosqichlarini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beradi.

 

Vakolatli idoralarga tegishli topshiriqlar berildi, shaхsan javobgar shaхslar belgilandi.

 

Oleg Zamanov.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_