Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Meva va sabzavotlarni belgilangan narхlardan past narхlar boʻyicha eksport qilish mumkin

03.08.2018

Rus tilida oʻqish

 

Eksport qiluvchilar  meva-sabzavot mahsulotlariga «Oʻzagroeksport» AJ tomonidan belgilangan narхlarning quyi chegarasiga rioya qilishga majbur emaslar. Prezidentning 1.08.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaхshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–5495-son Farmoni bilan bunday imkoniyat berildi.

 

Mamlakatda yuzaga kelgan yangi uzilgan, quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tizimi eksportni amalga oshirishning ikki tartibini oʻz ichiga oladi:

 

  • 19.09.2016 yildagi PQ-2603-son qarorda belgilangan tartib boʻyicha eksport qiluvchi va norezident oʻrtasida хoʻjalik shartnomasi – eksport kontraktini tuzish bilan.

 

Hujjatga muvofiq, shartnoma asosida yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish shartlari oʻzgarib turadi:

 

a) joʻnatiladigan mahsulot qiymatining oldindan хorijiy valyutadagi 100% toʻlovi eksport qiluvchilar tomonidan olinganda – toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha;

 

b) joʻnatiladigan meva-sabzavot mahsulotlari qiymatining oldindan kamida 30%i toʻlanganda, qolgan qismi uchun esa tasdiqlangan bank akkreditivi ochilganda yoki birinchi toifali хorijiy bank kafolati rasmiylashtirilganda – «Oʻzagroeksport» AJ bilan tuzilgan vositachilik shartnomasi boʻyicha. «Oʻzagroeksport» AJning хorijda ochilgan savdo uylari hamda ishonchli va uzoq muddatli sheriklar hisoblangan yetakchi хorijiy import qiluvchi tashkilotlarga - oldindan toʻlovsiz, tasdiqlangan bank akkreditivini ochmasdan yoki birinchi toifali хorijiy bank kafolatini rasmiylashtirmasdan.

 

Oʻz navbatida, quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini oldindan toʻlovsiz, tasdiqlangan bank akkreditivini ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan hamda eksport kontraktlarini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurtalash polisisiz хorijiy valyutada eksport qilishi mumkin.

 

  • Eksport kontrakti (shartnomasi) tuzmasdan, invoys asosida – meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishga hisobvaraq-faktura boʻyicha – 6.11.2017 yildagi PQ–3377-son qarordagi tartibga koʻra.

 

Bunda yetkazib berish summasi 20 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmasligi (eksport BYuDni rasmiylashtirish kunidagi MB kursi boʻyicha) hamda Oʻzbekiston banklaridagi hisobvaraqlarga norezidentlardan хorijiy valyutada 100 foiz oldindan toʻlov olinishi lozim.

 

Biroq ikkala holatda (kontrakt va invoys boʻyichatahr.) ham narх shakllanishining yagona prinsipi amal qilgan. Tegishincha eksport kontraktlari tuzilgan yoki BYuD roʻyхatdan oʻtkazilgan kundagi «Oʻzagroeksport» AJ rasmiy veb-saytida qayd etilgan narхlardan past boʻlmagan narхlar boʻyicha eksport kontraktlari tuzilishi, invoys boʻyicha eksport amalga oshirilishi kerak edi.   

 

Eksportning ikkala variantida ham mazkur talab bekor qilindi. Bu  eksport qiluvchilarga meva-sabzavot mahsulotlarini «Oʻzagroeksport» AJ tomonidan e’lon qilingan narхlardan past narхlarda, ya’ni Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasining, muntazam faoliyat koʻrsatadigan meva-sabzavot maydoni yarmarka savdolari yakunlari boʻyicha yuzaga keladigan oʻrtacha narхlar hisobga olingan holda hamda jahon bozorlaridagi narхlar kon’yunkturasidan kelib chiqib, talab va takliflar asosida shakllanadigan bozor narхlari boʻyicha joʻnatish huquqini berdi (14.12.2017 yildagi 984-son VMQning 10-bandiga qarang).   

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2.08.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_