Prezidentning 19.09.2025 yil PQ-289-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari belgilandi.
Milliy investitsiya jamgʻarmasining aksiyalarini mahalliy va хalqaro fond birjalarida birlamchi joylashtirishga puхta tayyorgarlik koʻrish maqsadida uning faoliyatini yanada takomillashtirish va investitsion jozibadorligini oshirish orqali Milliy investitsiya jamgʻarmasiga tegishli:
- «Uzbekistan Airports» AJ, «Biznesni rivojlantirish banki» ATB va «Mikrokreditbank» ATBning aksiyalarini – Jamgʻarmaning ustav kapitalidagi davlat ulushini kamaytirish hisobiga Iqtisodiyot va moliya vazirligiga;
- «Oʻzbekiston pochtasi» AJning aksiyalarini – Jamgʻarmaning ustav kapitalidagi davlat ulushini kamaytirish hisobiga Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazish nazarda tutilgan.
Shuningdek quyidagilar amalga oshiriladi:
- Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga tegishli «Oʻzsanoatqurilishbank» ATBning 30 foiz aksiya ulushini – keyinchalik Jamgʻarmaga oʻtkazish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligiga;
- «Oʻzbekgidroenergo» AJning 20 foiz, «Oʻzbekinvest» AJning 10 foiz va «Temiryoʻlinfratuzilma» AJning 15 foiz aksiya ulushlarini qoʻshimcha ravishda Jamgʻarmaga oʻtkazish.
Hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamgʻarmasi aksiyalarini birlamchi ommaviy savdoda joylashtirish ishlarini muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.09.2025 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova