Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Minimal ijara stavkalari: 2024 yilda qoʻllash tartibi

03.01.2024

Rus tilida oʻqish

«2024 yil  uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi Qonuni (25.12.2023 y. OʻRQ-886-son) bilan koʻchmas mulk va avtotrasport vositalarini ijaraga beradigan jismoniy va yuridik shaхslar uchun minimal ijara stavkalari tasdiqlandi.

 

Vuxgalter.uz iltimosiga koʻra ularni qoʻllash tartibini Iqtisodiyot va moliya vazirligining Soliq va bojхona siyosati boshqarmasi boshligʻi Umid Xamroyev tushuntirdi.

 

– Soliqlarning kamayishiga yoʻl qoʻymaslik uchun 2024 yildan boshlab hukumat jismoniy va yuridik shaхslar uchun koʻchmas mulk va avtotransport boʻyicha soliq solish maqsadida minimal ijara stavkalarini belgiladi 25.12.2023 y. OʻRQ-886-son Qonunga 8-ilova.

 

Ijaraga beruvchi ijarachi bilan kelishgan holda shartnomada istalgan ijara summasini belgilashga haqli. Bunda, agar shartnoma boʻyicha ijara summasi minimal stavkalar boʻyicha hisoblab chiqilgan summadan kam boʻlsa, soliq bazasi (JShShDS, foyda soligʻi, aylanmadan soliq) soliq solish maqsadlarida belgilangan minimal ijara stavkalaridan kelib chiqib hisoblanadi.

 

Bundan tashqari, minimal ijara stavkalarini hisobga olgan holda soliq toʻlovchilardan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga soliq solish tartibi tekin foydalanish shartnomalariga (kredit shartnomalariga) (yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi tuzilgan shartnomalar bundan mustasno) ham tatbiq etiladi 25.12.2023 y. OʻRQ-886-son Qonunga 8-ilovaga izoh.

 

Batafsil buxgalter.uzda oʻqing.