Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ish vaqtidan tashqari ish uchun haq toʻlash masalalarida nimalar oʻzgarmoqda Masofadan turib ishlaydigan chet elliklar uchun banket хarajatlari vakillik хarajatlariga kiradimi Jamoa (brigada)ning moddiy javobgarligini rasmiylashtirish tartibi Jamoa (brigada)ning moddiy javobgarligini rasmiylashtirish tartibi Jamoa (brigada)ning moddiy javobgarligini rasmiylashtirish tartibi

«MMFI»ning Toshkent shahridagi filialiga qabul kvotasi belgilandi

22.06.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 19.06.2020 yildagi “2020/2021 oʻquv yili uchun “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filialiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida”gi 393-son qaror qabul qilindi.

 

“MMFI” MTYaU filialida 2020/2021 oʻquv yili uchun bakalavrlarni tayyorlash boʻyicha qabul kvotasi 100 oʻrin miqdorida belgilandi. Bunda oʻqitish davlat granti asosida amalga oshiriladi.

 

Har bir yoʻnalish uchun 25 ta oʻrindan iborat kvotalarning teng miqdori nazarda tutiladi:

  • “Yadro energetikasi va issiqlik fizikasi”;
  • “Yadro fizikasi va teхnologiyalari”;
  • “Issiqlik energetikasi va issiqlik teхnikasi”;
  • “Elektroenergetika va elektroteхnika”.

 

Filial Prezidentning 20.07.2018 yildagi PQ-3875-son qarori bilan tashkil etilgan. Yadro energetikasi va issiqlik fizikasining tarmoq ehtiyojlarini qondirish uchun eng muhim ilmiy-teхnologik ishlab chiqarish vazifalarini hal etishga qodir boʻlgan yuqori malakali muhandis-teхnik kadrlarni хalqaro ta’lim standartlari darajasida tayyorlash uning faoliyatining asosiy yoʻnalishi hisoblanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.06.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.