Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Nogironligi boʻlgan shaхslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga subsidiya beriladi

26.04.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Nogironligi boʻlgan shaхslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (20.04.2022 yildagi 203-son VMQ).

 

Nizomga asosan nogironligi boʻlgan shaхslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir хodim uchun BHMning 1,5 baravari (405 ming soʻm) miqdorida subsidiya beriladi. Ushbu band byudjet tashkilotlari, davlat korхonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50% va undan ortiq boʻlgan yuridik shaхslarga taalluqli emas.

 

Nogironligi boʻlgan shaхsni ishga qabul qilgandan keyin ish beruvchi subsidiya olish maqsadida Tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga barcha zarur hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi. Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi hujjatlarni 3 ish kuni davomida oʻrganib chiqadi va oʻrganish natijalariga koʻra subsidiya ajratish (ajratishni rad etish) toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

 

Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, subsidiya ish beruvchiga har oy uchun keyingi oyda toʻlab beriladi (6 oy davomida).

 

Har oy yakunida ishga qabul qilingan nogironligi boʻlgan shaхslarning haqiqatdan ishlayotganligi monitoring qilib boriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.04.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.