Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yakshanba ta’til puli miqdoriga qanday ta’sir koʻrsatadi Kreativ iqtisodiyot qanday imtiyozlarga ega boʻldi Asosiy vositalar kelib tushganda QQSni qanday hisobga olish kerak

“Nol energiya sarfli binolar” (ZEB) tizimi joriy etiladi

09.06.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 03.06.2026 yildagi “2026-2027 yillarda hududlardagi ijtimoiy soha muassasalarida energiya samaradorligi loyihalari koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 277-son qarori qabul qilindi.

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

 

1. Binolarni "Nol energiya sarfli binolar" tamoyillari asosida modernizatsiya qilish, qayta ta’mirlash va qurish konsepsiyasi.

 

Konsepsiyaga koʻra, quyidagilar binolarga “Nol energiya sarfli binolar” (ZEB – zero-energy building) tizimlarini joriy etish bosqichlari hisoblanadi:

  • qisqa muddatli – 2026-2027 yillarda “ZEB” ob’yekti va normativlarni qabul qilish;
  • oʻrta muddatli – 2028-2030 yillarda davlat binolarida “ZEB Ready” toifasini majburiy joriy etish;
  • uzoq muddatli – 2031-2040 yillarda yangi binolar uchun ZEB/NZEB toifasini majburiy qoidalar sifatida joriy etish.

 

2026 yilda 33 ta tuman (shahar)da bittadan ijtimoiy muassasa binolarini “ZEB” tamoyillariga asoslangan holda modernizatsiya qilish boshlanadi. Buning natijasida binolarning energiya samaradorligi koʻrsatkichlari 30-35 foizga oshiriladi, tabiiy gaz sarfini 100 foizgacha tejash imkoniyati va qurilish sohasida “ZEB” tizimini joriy etish koʻnikmasi yaratiladi, shuningdek energiya samaradorligi yoʻnalishida 50 nafardan ortiq “ZEB” mutaхassislari tayyorlanadi;

 

2. Markazlashgan mablagʻlar hisobidan davlat tashkilotlari, shu jumladan, ijtimoiy soha muassasalari binolarini qurish, rekonstruksiya (modernizatsiya) qilish va mukammal ta’mirlashda energiya samaradorligi boʻyicha minimal talablar.

 

Bundan tashqari, 2026 yil 1 iyuldan boshlab davlat tashkilotlari ob’yektlarini rekonstruksiya (modernizatsiya) qilish va mukammal ta’mirlashda energiya samaradorligini oshirish bilan bogʻliq quyidagi talablar joriy qilinadi:

  • ob’yektlar loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va shaharsozlik ekspertizasidan oʻtkazish, ularni qurish, rekonstruksiya (modernizatsiya) qilish hamda mukammal ta’mirlash jarayonida energiya samaradorligini oshirish bilan bogʻliq tadbirlar va ish hajmlarining maqbullashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
  • ob’yektlarning loyiha hujjatlari energiya auditi hisobotlari asosida ishlab chiqiladi (yangi quriladigan ob’yektlar bundan mustasno);
  • markazlashgan mablagʻlar hisobidan barcha davlat tashkilotlari binolarini qurish, rekonstruksiya (modernizatsiya) qilish va mukammal ta’mirlashda energiya samaradorligi boʻyicha minimal talablar qoʻllanadi;
  • ob’yektlarning loyiha hujjatlari ular foydalanishga topshirilgandan soʻng energiya samaradorligi koʻrsatkichi "C" toifasidan kam boʻlmasligini nazarda tutgan holda ishlab chiqiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 04.06.2026 yildan kuchga kirdi.

 

Sardor Jumashov