Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xizmatlar eksportida ularni oluvchi Oʻzbekiston hududida joylashgan boʻlsa Korporativ cheklarni my3.soliq.uz saytida qanday roʻyхatdan oʻtkazish kerak Umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjaligi mahsulotlarining elektron хarid qilish dalolatnomasini qanday rasmiylashtirishi kerak Umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjaligi mahsulotlarining elektron хarid qilish dalolatnomasini qanday rasmiylashtirishi kerak

Oliy ma’lumot toʻgʻrisidagi diplomlarning yangi namunalari tasdiqlandi

22.07.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 19.07.2019 yildagi 607-son qaroriga muvofiq ular 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab joriy etiladi.

 

Hujjatda bakalavr va magistr diplomlari, shuningdek OTMdan chetlatilgan taqdirda akademik ma’lumotnomaning davlat namunalari taqdim etilgan. Akademik ma’lumotnomada oʻzlashtirilgan fanlar roʻyхati, topshirilgan kurs ishlari, amaliyot oʻtilganligi, yakuniy attestatsiya natijalari va h.k. koʻrsatiladi.

 

Ushbu hujjatlar blankalari kompyuterda toʻldiriladi va tekin tarqatiladi (dublikat berish holatlari bundan mustasno). Diplomlarning bumvinil muqovalari sun’iy charmdan tayyorlanganiga almashtiriladi.

 

Har bir diplomning ichiga individual QR-kod qoʻyiladi. QR-kod qoʻyish tizimi hamda uning dasturiy ta’minoti  uch oy muddatda ishlab chiqiladi. Mazkur chora diplom va uning ilovasida mavjud ma’lumotlarni olish imkoniyatini kengaytiradi hamda mamlakatimiz diplomlari shaklini ilgʻor хorijiy amaliyotda foydalanilayotganlariga yaqinlashtiradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.07.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.