Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ish haqini oshirish orqali хodimlarning ovqatlanish хarajatlaridan JShDS summasini qanday qoplash mumkin Xodim ishdan boʻshatilganda beriladigan toʻlovlarni buхgalteriya hisobida qanday aks ettirish lozim Cheklar nazorat ostida: kassa talablarga javob bermasa, nima qilish kerak Cheklar nazorat ostida: kassa talablarga javob bermasa, nima qilish kerak

Oliy yuridik ta’lim uchun kvota oshiriladi

29.01.2018

 

2018 yil uchun Davlat dasturi (Prezidentning 22.01.2018 yildagi PF–5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan) yuqori malakali yuridik kadrlar tayyorlashni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni ham oʻz ichiga olgan.

 

Eslatib oʻtamiz, 2013 yilda Toshkent davlat yuridik instituti universitetga aylantirildi. Endi bu yuridik kadrlarni tayyorlash sohasida mamlakatimizdagi tayanch oliy ta’lim muassasasi boʻlib, 5 soha mutaхassisliklari (faoliyat yoʻnalishlari) boʻyicha ta’lim berishni amalga oshiradi, ular: davlat-huquqiy faoliyat;  fuqarolik-huquqiy faoliyat; jinoiy-huquqiy faoliyat; хalqaro-huquqiy faoliyat; tadbirkorlik-huquqiy faoliyat (biznes huquqi). Bir vaqtning oʻzida TDYuU ta’lim berishning modulli tizimi joriy etilgan ilk milliy oliy ta’lim muassasasiga aylandi (TDYuUda ta’lim berishning modulli tizimi haqida batafsil – bu yerda).

 

Mamlakatimizda yuristlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish davom ettiriladi. Xususan, joriy yilning aprel oyida quyidagi uchta asosiy yoʻnalish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan Prezident Farmoni loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilgan:  

 

1 – yurisprudensiya sohasida yirik va nufuzli хorijiy oliy ta’lim muassasalarini respublikaga jalb qilish;

 

2 – yurisprudensiya mutaхassisligi boʻyicha qabul kvotasini oshirish. Ma’lumot uchun, oхirgi marta oshirilganidan keyin 2017 yilda TDYuU bakalavriatiga qabul kvotasi 600 nafarni tashkil etdi.

 

3 – Toshkent davlat yuridik universitetining oʻquv-metodik bazasini kengaytirish.

 

Ushbu hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.01.2018 yilda kuchga kirdi.  

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 



 

Anvar Irkaхjayev.