Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Orolni qutqarish Xalqaro jamgʻarmasi Ijroiya qoʻmitasida Oʻzbekiston Respublikasining doimiy vakili lavozimi joriy qilindi

24.03.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 19.03.2021 yildagi «Orolni qutqarish Xalqaro jamgʻarmasi Ijroiya qoʻmitasidagi Oʻzbekiston Respublikasining doimiy vakili faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 149-son qaror qabul qilindi.

 

Qaror bilan Orolni qutqarish Xalqaro jamgʻarmasi (OQXJ) Ijroiya qoʻmitasidagi Oʻzbekiston Respublikasining doimiy vakili faoliyati toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • OQXJ organlarida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ilgari surish va himoya qilish;
  • OQXJ organlari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini amalga oshirish;
  • хalqaro moliya tashkilotlari, donor davlatlar va sohaga oid jamgʻarmalar bilan oʻzaro aloqalarni kengaytirish;
  • doimiy vakilning faoliyatini tashkil etish va moliyaviy ta’minlash.

 

OQXJ Ijroiya qoʻmitasidagi Oʻzbekiston Respublikasining doimiy vakili tomonidan quyidagi vazifalar ham amalga oshiriladi:

  • OQXJ organlarida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ilgari surish va himoya qilish;
  • OQXJ doirasida amalga oshiriladigan koʻp tomonlama хalqaro shartnomalar, loyihalar va dasturlarda Oʻzbekiston Respublikasining samarali ishtirokini ta’minlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
  • Oʻzbekiston Respublikasining manfaatdor vazirlik va idoralari bilan OQXJ organlari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini amalga oshirish;
  • OQXJ faoliyati bilan bogʻliq masalalar boʻyicha хalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarni tashkil qilishda ishtirok etish.

 

Qarorga muvofiq quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasining badali (ulushi) sifatida har yili respublika byudjeti hisobidan oʻtkazib beriladigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi:   

  • Orolni qutqarish Xalqaro jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda – OQXJ) Orol dengizi havzasi loyihalarini amalga oshirish agentligi va OQXJning Nukus filiali;
  • Orol dengizi havzasini qutqarish va sogʻlomlashtirish boʻyicha tadbirlar va loyihalar.

 

Ta’kidlanishicha, 2021 yildan boshlab OQXJ Ijroiya qoʻmitasidagi Oʻzbekiston Respublikasining doimiy vakili faoliyatini saqlash bilan bogʻliq хarajatlar OQXJga Oʻzbekiston Respublikasining badali (ulushi) sifatida respublika byudjetidan har yili oʻtkazib beriladigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.

 

Shuningdek OQXJ Ijroiya qoʻmitasidagi Oʻzbekiston Respublikasining doimiy vakili mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi elchiхonalari maslahatchisi maqomiga tenglashtiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.03.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.