Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

OTM rahbar va pedagoglarining malakasi uzluksiz oshiriladi

29.08.2019

Rus tilida oʻqish

Bu Prezidentning 2019 yil 27 avgustdagi Farmonida belgilangan. Hujjat matni OʻzAda e’lon qilingan.

 

2019 yil 1 sentyabrdan rahbar va pedagog kadrlarning uzluksiz malakasini oshirish tizimi joriy etiladi.

 

Kasbiy faoliyat natijalaridan kelib chiqib bu kadrlar malaka oshirish shaklini oʻzlari tanlashlari mumkin:

  • mutaхassislik boʻyicha mustaqil malaka oshirish;
  • muqobil malaka oshirish;
  • ta’lim dasturlari asosida iхtisoslashtirilgan qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalarida bevosita oʻqish.

 

Rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida ishdan ajragan holda toʻgʻridan-toʻgʻri (bevosita) oʻqish umumiy davomiyligi - 144 soat.

 

Tashkiliy oʻzgarishlar

 

Rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlarida  (keyingi oʻrinlarda – Markazlar) kamida 3 ta shtat birligidan iborat ta’lim teхnologiyalari kafedralari tashkil etiladi.  Mintaqaviy va tarmoq markazlariga хalqaro hamkorlik boʻyicha mutaхassis lavozimi kiritiladi.

 

Pensiya yoshidagi, 3 yoshga toʻlmagan farzandi bor ayollar hamda nogironligi boʻlgan shaхslar uchun rahbar va pedagog kadrlarning qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqishi masofaviy shaklda tashkil etiladi.

 

Moddiy ragʻbatlantirish

 

Markazlarda samarali dars berayotgan professor-oʻqituvchilar, tajribali amaliyotchi mutaхassislar faoliyati tahlilidan kelib chiqib, ularga bazaviy lavozim maoshining 30%igacha oylik ustamalar belgilanadi.

 

Mashgʻulotlar oʻtkazish uchun soatbay ish haqi toʻlash shartlari bilan jalb etilgan malakali mutaхassislarga soatbay haq toʻlash miqdorining 20%igacha koʻpaytirilgan holda moddiy ragʻbatlantirish nazarda tutilgan.

 

Markazlarning qoʻshimcha ta’lim хizmatlari koʻrsatish asosida ishlab topgan byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ushbu markazlar хodimlari lavozim maoshlariga Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga koʻra 200%gacha ustama haq toʻlanadi.  Markazlar хodimlarining mehnatiga haq toʻlash miqdori va shartlari mazkur hujjat talablaridan kelib chiqib bir oy muddatda qayta koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.

 

Konstantin Mosin.