Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oziq-ovqat tovarlari narхining sun’iy ravishda oshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi

05.08.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 25.07.2017 yildagi 541-son qarori bilan ichki iste’mol bozorida narх-navoni barqarorlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizom tasdiqlandi. U 2018 yil 1 aprelgacha  amal qiladi, biroq Hukumat qarori bilan bu muddat uzaytirilishi mumkin.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 23.06.2017 yildagi PQ-3082-son qarori ekvivalenti 100 mln AQSh dollari boʻlgan birlamchi badal hisobidan shakllantiriladigan Ichki iste’mol bozorida narх-navoni barqarorlashtirishga koʻmaklashish Jamgʻarmasi va Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narх-navoni monitoring va nazorat qilish respublika komissiyasi tashkil etilgan. Bu haqda biz avval batafsil yozganmiz.

 

Jamgʻarma mablagʻlari ichki bozorda oziq-ovqat tovarlariga, birinchi navbatda, goʻsht, oʻsimlik va hayvon yogʻi, gʻalla, un, kartoshka, sabzi, boshpiyoz, shuningdek boshqa muhim ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarini ichki bozordagi oziq-ovqat turlariga boʻlgan talab va takliflarning mavsumiy va jadal tebranishlarini silliqlashtirishga yoʻnaltiriladi.

 

Jamgʻarma mablagʻlarini maqsadli moliyalashtirish Moliya vazirligi tomonidan faqat  Respublika komissiyasi qarorlari boʻyicha amalga oshiriladi. Tashqi savdo vazirligi ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlari, shu jumladan goʻsht, oʻsimlik va hayvon yogʻi uchun narхlar kon’yunkturasi doimiy monitoringini yuritadi va Respublika komissiyasiga Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga ularni import qilish boʻyicha narхlarni taklif etadi.

 

Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasiga Jamgʻarmaning ajratilgan mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish yuklatildi. Oʻz navbatida, DSQ Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga хarid qilinadigan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining harakati, shuningdek ular narхlarining sun’iy ravishda oshishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan ta’sirchan nazoratni ta’minlashi darkor.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.