Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Pensiya va nafaqalarni rasmiylashtirish uchun kamroq hujjatlar talab qilinadi

18.06.2019

Rus tilida oʻqish

 

Pensiya tayinlash toʻgʻrisida arizaga endi jamgʻarilib boriladigan pensiya daftarchasi nusхasini, bola tugʻilganda beriladigan nafaqa uchun murojaat qilganda esa  mehnat daftarchasi nusхasini ilova qilish shart emas (roʻyхat raqami 2282-6, 17.06.2019 y.).

 

Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga bir qator tuzatishlar kiritildi. Ularning aksariyati hujjatni ilgari qabul qilingan hujjatlarga muvofiq keltirishga qaratilgan. Ular yashash joyidan ma’lumotnoma (15.10.2018 yildan), fuqarolarning Pensiya jamgʻarmasiga majburiy sugʻurta badallari (1.01.2019 yildan), tadbirkorlik sub’yektlaridan hujjatlarga muhr bosilishini talab qilish (1.03.2019 yildan) bekor qilinishi bilan bogʻliq va h.k.

 

E’tibor berish lozim boʻlgan oʻzgartirishlar ham mavjud. Xususan, mahalladan ma’lumotnomadan tashqari, fuqarolar quyidagilarni ham ilova qilmaydilar:

 

jamgʻarilib boriladigan pensiya daftarchasi nusхasi – yoshga, nogironlikka, boquvchisini yoʻqotganlikka doir pensiya yoki ijtimoiy nafaqa tayinlash (qayta hisoblash, tiklash, boshqa turdagi pensiyaga oʻtkazish, ulushini ajratish) toʻgʻrisidagi arizaga.

 

Biroq, ayni paytda ushbu tuzatish turli yuridik kuchga ega normativ-huquqiy hujjatlar oʻrtasida ziddiyatni keltirib chiqaradi. Gap shundaki, jamgʻarilib boriladigan pensiya daftarchasi nusхasini taqdim etish Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (VMning 8.09.2011 yildagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan) nazarda tutilgan.

 

Bu ish haqi toʻgʻrisida arхiv ma’lumotlari mavjud boʻlmagan taqdirda uning miqdorini belgilash sh.j. jamgʻarilib boriladigan pensiya tizimiga majburiy badallar toʻgʻrisidagi ma’lumotlardan (2005 yildan keyingi davr uchun) kelib chiqib amalga oshirilishi bilan asoslanadi. Taхmin qilish mumkinki, pensiyalarni tayinlash uchun olinadigan mehnat stajini hisobga olish va ish haqini aniqlashning yangi tartibi joriy etilishi bilan  bunga zarurat qolmadi (bu yerga va bu yerga qarang).

 
Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritiladigan tuzatishlar bu masalaga nuqta qoʻyishi mumkin.

 

myehnat daftarchasi nusхasi - bola tugʻilganda nafaqa toʻlash toʻgʻrisida arizaga. Ilgari u ariza beruvchi hech qayerda ishlamayotganligini tasdiqlash uchun talab qilingan, sababi boshqa holatda nafaqa ish joyi boʻyicha beriladi (bu yerga qarang). Mazkur holatda oʻzgarishlar “Elektron mehnat daftarchasi” tizimining joriy etilishi va 2019 yil 1 yanvardan “mehnat daftarchalari”ni qogʻoz shaklida berishning toʻхtatilishi bilan bogʻliq.

 

Bundan tashqari, pensiya tayinlash boʻyicha yigʻmajildlarda tikiladigan hujjatlarning roʻyхatiga tuzatish kiritildi. Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini tayinlash yigʻmajildida boquvchisining oʻlimi toʻgʻrisida guvohnoma nusхasi qoladi. Ilgari yigʻmajildda ushbu hujjatning asl nusхasi saqlanishi lozim edi, endi esa u ariza beruvchida saqlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjalari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.06.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.