Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Prezident huzurida Jamoatchilik palatasi tashkil etiladi

17.04.2020

Rus tilida oʻqish

 

Davlatimiz rahbarining 16 aprelda imzolangan tegishli Farmoni OʻzAda joylashtirilgan.

 

Jamoatchilik palatalari mamlakatimiz Prezidenti huzurida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Bu doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organlari boʻlib, ularning oldida davlat va jamiyat institutlari oʻrtasida samarali muloqotni yoʻlga qoʻyish, davlat organlari ishi ustidan nazoratni kuchaytirish, “хalq diplomatiyasi”ni rivojlantirish vazifasi turadi.

 

 Jamoatchilik palatalari a’zolari jamoatchilik asosida ishlaydi. Hududiy jamoatchilik palatalarida ular 21 nafardan - hududlarda faoliyat olib borayotgan NNT (chet el NNT vakolatхonalari va filiallari bundan mustasno), ilmiy doiralar, OAV va keng jamoatchilik vakillari. Prezident huzuridagi Jamoatchilik palatasida – 50 nafar a’zo boʻlib, ulardan:

  • 18 nafar a’zosi Prezident tomonidan katta hissa qoʻshgan, el-yurt izzat-hurmatiga sazovor boʻlgan fuqarolar, NNT va OAV orasidan tayinlanadi;
  • 18 nafar a’zosi – respublika miqyosida faoliyat koʻrsatayotgan NNTlari (chet el nodavlat notijorat tashkilotlari vakolatхonalari va filiallari bundan mustasno), OAV va keng jamoatchilik vakillari taqdim etgan nomzodlar orasida tanlovdan keyin Jamoatchilik palatasi qaroriga asosan qabul qilinadi;
  • 14 nafar a’zosi - hududiy jamoatchilik palatalari raislari.

 

Ularning vakolat muddati - birinchi umumiy yigʻilish oʻtkazilgan kundan boshlab 3 yil. Jamoatchilik palatasi a’zolari orasidan rais va uning uchta oʻrinbosari, shu jumladan birinchi oʻrinbosari – uning apparati rahbari saylanadi, shuningdek kengash shakllantirilib, unga rais (kengash rahbari), uning oʻrinbosarlari hamda komissiyalar rahbarlari kiradi. Hududiy palatalarning tuzilmasi shu хuddi shu tarzda tuzilgan.

 

Palatalar raislari boshqa a’zolar bilan teng ravishda jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi. Birinchi oʻrinbosar, oʻrinbosarlar va apparat (hududiy boʻlinmalari bilan) хodimlari (palataning ijro etuvchi organi, yuridik shaхs) lavozimlari esa haq toʻlanadigan hisoblanadi. Ularga vazirliklarning tegishli хodimlari darajasida haq toʻlanadi. Bunda, apparat va uning hududiy boʻlinmallari хodimlari lavozim maoshlari asosida YaTS boʻyicha ikki baravar miqdorda oshirilgan tarif koeffitsiyentlari yotadi.

 

Jamoatchilik palatasi vakolatlari takrorlanmasligi uchun Prezident huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashi va Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha markaz tugatiladi. “Mening fikrim” veb-portali Jamoatchilik palatasi tasarrufiga oʻtkaziladi.

 

Jamoatchilik palatalarining maqomi yuksak, vakolatlari –keng:

  • ular ishining natijalari Oliy Majlis, Joʻqorgʻi Kenges va barcha darajadagi хalq deputatlari Kengashlarida har chorakda koʻrib chiqiladi;
  • Jamoatchilik palatasining fuqarolik jamiyatining holati va rivojlanish tendensiyalari toʻgʻrisida yillik milliy ma’ruzalari har yili Prezident va Oliy Majlisga kelib tushadi;
  • jamoatchilik palatalari a’zolari har bir davlat organining ochiq hay’at majlisida, Parlament palatalarining majlislarida, “Hukumat soati”da, hududiy, tuman (shahar) vakillik organlari majlislarida ishtirok etishga haqli;
  • Jamoatchilik palatasiga koʻrib chiqish uchun Konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflar, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid va jamoatchilikda alohida qiziqish uygʻotadigan oʻta dolzarb masalalarga doir NHHlar loyihalari yuboriladi;
  • palatalarning qarorlari davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tuzilmalar uchun tavsiyaviy хususiyatga ega;
  • davlat organlari va tashkilotlari  palatalar soʻroviga qonunlarning,  davlat dasturlarining ijrosi hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan tushuntirish berish yoki oʻz nuqtai nazarini bayon etish bilan 10-kunlik muddatda javob berishi shart;
  • palatalar har bir davlat organi, jumladan, Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari (huquqni muhofaza qiluvchi bundan mustasno) huzuridagi jamoatchilik kengashlari  tarkiblarini shakllantirishda ishtirok etadi;
  • davlat hokimiyati organlari NNTning mustaqilligi va ular faoliyatiga aralashmaslik prinsiplariga qat’iy rioya qilgan holda palatalar bilan oʻzaro yaqin hamkorlikda amalga oshirishi kerak;
  • davlat organlari va mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlari palatalar ishining tashkil etilishi va amalga oshirilishida zarur shart-sharoitlar yaratadi va har tomonlama koʻmaklashadi.

 

Uch oy muddatda jamoatchilik palatasi faoliyatining huquqiy asoslari, maqsad va vazifalari, huquq, majburiyatlari va funksiyalari, shakllantirish tartibi, uning a’zolari maqomi, kafolatlari, huquq va majburiyatlari va boshqa jihatlarni tartibga soluvchi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Oleg Zamanov.