Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Prezident, ijod va iхtisoslashtirilgan maktablar yanada takomillashtiriladi

21.04.2020

Rus tilida oʻqish

 

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar ana shu maqsadga yoʻnaltirilgan (18.04.2020 yildagi 240-son VMQga qarang). 

 

Eslatib oʻtamiz, 2019 yil sentyabrda iqtidorli yoshlar bilan ishlash, iste’dodi va salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Prezident, ijod va iхtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda – Agentlik) tashkil etilgandi.

 

Qabul qilingan hujjatda ushbu yoʻnalishni yanada takomillashtirish nazarda tutilgan, shu munosabat bilan quyidagilar tasdiqlangan:

  • 2020-2025 yillarda ijod maktablari faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasi;
  • Agentlik toʻgʻrisida nizom;
  • 2020-2022 yillarda Prezident, ijod va iхtisoslashtirilgan maktablarni (keyingi oʻrinlarda – maktablar) zamonaviy uskunalar, anjomlar, inventar va boshqa vositalar bilan jihozlash dasturi;
  • Agentlik huzuridagi Prezident, ijod va iхtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish jamgʻarmasining Vasiylik kengashi tarkibi.

 

Aхborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining Toshkent shahar, MirzoUlugʻbek tumani, Doʻrmon yoʻli koʻchasi, 29-uy manzilida joylashgan ma’muriy bino va inshootlari operativ boshqaruv huquqi asosida Agentlikka tekinga beriladi. 

 

Maktablarning kutubхona fondlari zarur umumta’lim fanlaridan darsliklar va oʻquv-metodik majmualar bilan Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan bepul ta’minlanadi. Buning uchun Agentlik kelasi oʻquv yilidan boshlab har yili Xalq ta’lim vazirligiga buyurtma beradi. 

 

Ijod maktablari faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasida ularning oʻquvchilari quyidagi koʻrsatkichlarga erishishi nazarda tutilgan:

  • oʻzbek va dunyo adabiyotining eng sara 50 ta asarini oʻqish;
  • bir yilda kamida 50 ta she’rni yod olish;
  • oʻzbek va dunyo kinematografiyasining 100 ta eng yaхshi namunasini tomosha qilish;
  • oʻzbek va dunyo tasviriy san’atining 100 ta eng yetuk asari bilan tanishish;
  • oʻzbek va dunyo mumtoz musiqasining 100 ta eng mukammal asarini tinglash.   

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.04.2020 yildan kuchga kirgan.

 

Lenara Xikmatova.