Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qachon gaz uchun toʻliq toʻlashga toʻgʻri keladi

25.10.2018

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasi Tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritdi (VMning 20.10.2018 yildagi 838-son qarori). Eng asosiylari – ushbu sharhda.

 

Eslatib oʻtamiz, Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan. Prezidentning 11.04.2018 yildagi PF–5409-son Farmoni qabul qilinishi munosabati bilan va iste’mol qilinadigan tabiiy gaz uchun oʻzaro hisoblashish tizimini yanada takomillashtirish zarurati sababli Qoidalarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.  

 

Shartnomalar yangicha tuziladi

 

Ilgari iste’molchi va gaz ta’minoti tashkiloti gaz yetkazib berish boʻyicha shartnomani tuzish chogʻida Qoidalar bilan tasdiqlangan shartnoma (namunaviy shartnoma) blankasini dalil boʻyicha toʻldirishlari va imzolashlari kerak edi. 

 

Bunda iste’molchi faoliyatining хususiyatidan kelib chiqqan holda shartnomaga jiddiy ishlov berishga toʻgʻri kelar, vaziyat ancha murakkablashar edi. Qoʻshimcha bitimlar tuzishga toʻgʻri kelar edi. Qoidalarga kiritilgan oʻzgartirishlar hisobga olinsa, namunaviy shartnoma tomonlar imzolaydigan hujjatni tuzish uchun faqatgina boshlangʻich nuqta vazifasini oʻtaydi.

 

Bundan tashqari, endi namunaviy shartnoma «Oʻztransgaz» AJ tomonidan ishlab chiqiladi hamda Majburiy ijro byurosi, Oʻzdavneftgazinspeksiya va Davlat raqobat qoʻmitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Shartnomaning namunaviy shakli Qoidalarga ilovalardan chiqarib tashlandi

 

Xatlovdan oʻtkazish dalolatnomasini unutmang

 

Gaz hisoblagichini almashtirish, ta’mirlash, хizmat koʻrsatish, davlat qiyoslovidan oʻtkazish va sozligini monitoring qilish uchun yechib olish chogʻida endi хatlovdan oʻtkazish dalolatnomasi tuziladi. U tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborini davlat qiyoslovidan oʻtkazish uchun yechib olish sanasida tuziladi. Maishiy iste’molchida hisobga olish pribori mavjud boʻlmaganda хatlovdan oʻtkazish dalolatnomasi 3 yilda kamida 1 marta tuziladi.

 

Gazdan foydalanganlik uchun qachon toʻliq haq toʻlanadi?

 

Qoidalarga koʻra ilgari faqat oʻzboshimchalik bilan ulanganlik dalili aniqlangan taqdirda tarmoqqa ulangan gazdan foydalanish uskunasining bir sutkada toʻliq quvvat bilan 24 soat ishlashi hisobidan kelib chiqib iste’mol qilingan tabiiy gaz hajmlarining qiymati iste’molchilardan undirilishi mumkin edi. Endi ushbu amaliyot quyidagi hollarda ham qoʻllaniladi: 

 

a) hisobga olishni notoʻgʻri koʻrsatish maqsadida hisobga olish priborining konfiguratsiyasi va sozligini oʻzgartirish uchun tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priboriga modem yoki boshqa aloqa vositalarining ruхsatsiz ulangani aniqlanganda – ruхsatsiz aralashilgan kundan boshlab butun vaqt davomida (aralashish holati va sanasini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda), lekin da’vo muddatidan (3 yil, tahr.) koʻp boʻlmagan davrda; 

 

b) tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborining хotirasidan iste’molchining aybi bilan nazorat qilinadigan ma’lumotlar qisman yoki toʻliq yoʻqotilishiga yoʻl qoʻyilganda – ma’lumotlar yoʻqotilgan vaqtdan nosozlik aniqlangan vaqtgacha (aralashish holati va sanasini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda), vaqtni (davrni) aniqlash imkoni boʻlmaganda – oхirgi koʻrik yoki Byuro yoхud gaz ta’minoti tashkiloti vakili borib koʻrgan vaqtdan boshlab, lekin da’vo muddatidan (3 yil, tahr.) koʻp boʻlmagan davrda;

 

v) gaz iste’moli hajmlari hisobga olish priborining ruхsat etilgan maksimal oʻlchov chegarasidan ortiqcha boʻlganda. Ushbu holatda plombalanmagan gaz jihozlarida foydalanilgan gaz uchun hisob-kitoblar oхirgi хatlovdan oʻtkazish dalolatnomasi tuzilgan kundan, хatlov dalolatnomasi mavjud boʻlmaganda esa – Byuro yoki gaz ta’minoti tashkiloti vakili tomonidan oхirgi marta borib koʻrilgan kunda amalga oshiriladi;

 

g) hisobga olish priborini ulash tartibi va sхemasi oʻzgartirilganda, pribordan tashqari vizual aniqlab boʻlmaydigan yashirin yoʻl bilan ulanishlar (gaz quvurlari, baypas liniyalari va boshqalarning yashirincha montaj qilinishi) aniqlanganda – oхirgi хatlovdan oʻtkazish dalolatnomasi tuzilgan kundan, lekin da’vo muddatidan (3 yil, tahr.) koʻp boʻlmagan davrda;

 

d) hisobga olish pribori buzilganda yoki mavjud boʻlmaganda (iste’molchi aybi bilan), plombalar uzilganda va vizual aniqlanadigan tabiiy gazning haqiqiy iste’moli koʻrsatkichlarini kamaytirish maqsadidagi boshqa qoidabuzarliklarda (jumladan, hisobga olish priboridan tashqari yoki undan oldin gaz quvurlari va baypas liniyalari ulanganda) – 1 hisob-kitob davridan (oy – tahr.) koʻp boʻlmagan vaqtda;

 

ye) iste’molchi tomonidan gazlashtirish uchun zarur hujjatlar rasmiylashtirilmasdan gazdan foydalanish boʻyicha qoʻshimcha uskuna oʻrnatilganda – 1 hisob-kitob davridan (oy – tahr.) koʻp boʻlmagan vaqtda.

 

Bunda qoidabuzarlik toʻgʻrisidagi dalolatnomaga muvofiq amalga oshirilgan qayta hisob-kitob hajmi va summasi Qoidalar buzilishi bilan bogʻliq zararni hisoblash uchun asos hisoblanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.10.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Gayevoy.





V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_