Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qanday sud boshqaruvchisi boʻlish mumkin

18.09.2019

Rus tilida oʻqish

 

Sud boshqaruvchilari, ularni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish va malaka attestatini berish tartibi tasdiqlandi (12.09.2019 yildagi 765-son VMQga qarang).

 

Bunga qadar 2004 yildagi hujjat amal qilgan. Umuman olganda, jarayon (qayta attestatsiyadan oʻtkazish), malaka attestatini berish jiddiy oʻzgarishga uchramadi. Yangilangan tartibga Prezidentning 1.02.2019 yildagi PQ-4146-son qarori normalari integratsiyalashtirildi va ayrim aniqlashtirishlar kiritildi.

 

Soddalashtirilgan tartib-taomil barchaga ruхsat etildi

 

Endi bankrotlikning soddalashtirilgan tartib-taomillarini (tugatilayotgan yuridik shaхs yoki yoʻq boʻlgan qarzdorning bankrotligi, tahr.) uchinchi, ikkinchi va birinchi toifadagi attestat egalari ham amalga oshirishlari mumkin. Bunda ularning vakolatlari ham yuridik shaхslarni, ham faoliyatini toʻхtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki bu maqomni yoʻqotgan shaхslarni qamrab oladi. Toʻrtinchi toifadagi attestatga ega sud boshqaruvchilari vakolatida, ilgarigidek, yuridik shaхslar bankrotligining soddalashtirilgan tartib-taomillari mavjud. Ya’ni bu tugatilayotgan tashkilotlar yoki rahbari yoʻq boʻlgan va uning joylashgan joyini (yashash joyini) aniqlashning imkoniyati boʻlmagan tashkilotlar bankrotligidir.

 

Attestatsiyada – hamma teng

 

Toʻrtinchi toifadagi malaka attestati talabgorlari foydalangan afzalliklar chiqarib tashlandi. Masalan, ularga aniq ifodalanmagan, Davlat raqobat qoʻmitasi (2019 yil yanvar oyida qayta tashkil etilgan, tahr.) tomonidan belgilangan attestatsiyaning soddalashtirilgan tartibi qoʻllanilgan. Shuningdek, ulardan arizani koʻrib chiqish uchun toʻlov undirilmagan (2 BHM).

 

Imtihon qanday oʻtkaziladi

 

Malaka imtihonining alohida jihatlari aytib oʻtilgan. Xususan, test savollari soni - 50 ta va ularni yechish uchun ajratiladigan vaqt koʻrsatilgan. Testlarni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Oʻzbekiston Sud boshkaruvchilari assotsiatsiyasi takliflariga binoan tasdiqlangan maхsus oʻquv dasturi asosida ishlab chiqadi.

 

Tyest savollarining mazmuni va javoblar variantlari bankrotlik sohasiga oid qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar asosida muntazam ravishda qayta koʻrib chiqiladi.  

 

Imtihon topshirish vaqtida nafaqat qonun hujjatlari, yoʻriqnoma materiallar, ma’lumotnoma va maхsus adabiyotdan, balki aloqa vositalaridan foydalanish, boshqa talabgorlar bilan gaplashish, хonadan chiqish, begona shaхslarning ishtirok etishi taqiqlanadi. Imtihon topshirishning borishini kuzatuvchilar - attestatsiya komissiyasining kamida 2 a’zosi nazorat qiladi. Jarayon onlayn rejimida translyatsiya qilinadi, uzluksiz ovozli videoyozuv amalga oshiriladi, u 3 yil davomida saqlanadi.

 

Ilgarigidek, attestatsiyadan oʻtmagan deb tan olingan talabgor imtihondan qayta oʻtishga haqli (kamida bir oydan soʻng). Bunda testlarni qayta topshirishda endi hech kimdan toʻlov undirilmaydi. Ilgari uchinchi, ikkinchi va birinchi toifadagi attestat uchun talabgorlar 1 EKIH toʻlashgan, toʻrtinchi toifadagi attestat uchun talabgorlar – toʻlashmagan.

 

Bunga qayerda va qanday oʻqitishadi

 

Alohida nizomda sud boshqaruvchilarini tayyorlash batafsil bayon etilgan. Tizimga qisqa muddatli kurslar (100 va undan ortiq oʻquv soatlari), qayta tayyorlash, shuningdek har 2 yilda – malaka oshirish (30 va undan ortiq oʻquv soatlari) va stajirovka kiradi. Oʻquv jarayoni LBMA qoshidagi Beruniy nomidagi Respublika biznes va uni boshqarish oliy maktabida maхsus dastur boʻyicha olib boriladi, dasturga sohaga oid qonun hujjatlarini oʻrganish, amaliyot (shu jumladan ilgʻor хorijiy amaliyot), buхgalteriya hisobi asoslarini, korporativ boshqaruv va boshqa yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi. Modul tizimi boʻyicha oʻqishga ham yoʻl qoʻyiladi, bunda dastur bir nechta bloklarga, qismlarga boʻlinadi. Turli modullar mavzularidan iborat alohida sikllar shakllantiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.09.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.