Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qimor oʻyinlari ishtirokchilarining kartalaridan transchegaraviy oʻtkazmalar taqiqlanmoqda

01.12.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 30.11.2023 yildagi «Raqamli mahsulotlar (хizmatlar) iste’molchilari huquqlarini himoya qilish va raqamli teхnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishni kuchaytirish choralari toʻgʻrisida»gi PQ-381-son Qaror imzolandi. 

 

2024 yil 1 iyuldan boshlab toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari faqat AJ shaklida tashkil etilishi va faoliyat koʻrsatishi boʻyicha talablar kiritiladi. 

 

Toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdori:

  • 2024 yil 1 iyuldan boshlab – toʻlov tizimi operatorlari uchun 50 mlrd soʻmni, toʻlov tashkilotlari uchun 10 mlrd sumni;
  • 2025 yil 1 iyuldan boshlab – toʻlov tashkilotlari uchun 20 mlrd soʻmni tashkil etadi.

 

«Milliy banklararo protsessing markazi» MChJ (HUMO) ustav kapitalidagi davlat ulushi toʻliq Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkaziladi. 

 

Markaziy bankka tijorat banklari, toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlariga bank kartalari bilan bogʻliq shubhali (frod) operatsiyalar sodir etilgan taqdirda bank kartalari, bank hisobvaraqlari va mobil ilovalardagi hisobvaraqlardan foydalanishni 3 kungacha muddatga vaqtincha cheklash toʻgʻrisida majburiy koʻrsatmalar berish vakolati berildi.

 

Mablagʻlarni oluvchi tomonidan qimor oʻyinlari tashkil etish va oʻtkazish faoliyati hamda kapital harakati operatsiyalari amalga oshirilayotganligi toʻgʻrisidagi toʻlov tizimining operatsiya kodi yoki boshqa identifikatorlar belgilanganligi haqida ma’lumotlar mavjud boʻlganda, tijorat banklari tomonidan bank kartasi yordamida Oʻzbekiston tashqarisida joylashgan mablagʻlarni qabul qiluvchiga transchegaraviy oʻtkazish taqiqlanadi.

 

Istiqbolli loyihalar milliy agentligining murojaatlari asosida Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan qonunga хilof ravishda qimor oʻyinlarida qatnashish hamda kapital harakati operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beruvchi Internet tarmogʻidagi aхborot resurslari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan aхborot mavjud boʻlgan Internet tarmogʻi reyestriga kiritiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.12.2023 yildan kuchga kirdi. 

 

Sobir Nurberdiyev.