Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ramazon hayiti arafasida 226 nafar fuqaro afv etildi

13.06.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezident 12.06.2018 yilda «Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qat’iy oʻtgan bir guruh shaхslarni afv etish toʻgʻrisida»gi Farmonni imzoladi. Bu haqda OʻzA хabar beradi.



Davlatimiz rahbari qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qat’iy oʻtgan ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtayotgan 226 nafar fuqaroni afv etdi. Hujjat muborak Ramazon hayiti munosabati bilan qabul qilindi.



Afv etilgan shaхslarning:

  • 102 nafari – jazodan toʻliq ozod qilinadi;
  • 71 nafari – jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi;
  • 39 nafariga – tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtiriladi.

 

Shu tariqa, 212 nafar shaхs jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinadi. Shuningdek, 14 nafar shaхsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartiriladi.



Quyidagi statistika keltirilgan. Afv etilganlarning 40 nafarini – 60 yoshdan oshgan shaхslar, 39 nafarini – chet el fuqarolari, 37 nafarini – ayollar, shuningdek, 51 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaхslar tashkil etadi.

 

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili Konstitutsiya kuni arafasida davlatimiz rahbari oʻz farmoni bilan 2700 nafar mahkumni avf etgan, ularning 956 nafari oʻsha paytda jazoni ijro etish muassasalarida jazo oʻtayotgan edi (ya’ni ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan edi). Jinoiy jazodan ozod etishning boshqa shakli – amnistiya oʻrnini avf etish amaliyoti egalladi. Ular oʻrtasidagi tafovut haqida – bu yerda.   

 

Shuningdek yaqinda yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom qabul qilindi. Mazkur tartib-taomilning qanday jihatlari oʻzgargani haqida sharhda yozgan edik. 



 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_