Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Rezident tashkilotlar yirik davlat loyihalariga investitsiya kiritishlari mumkin

19.12.2018

Rus tilida oʻqish

 

Hukumat 2018 yilning dekabridan boshlab davlat gʻaznachilik majburiyatlari va obligatsiyalarini muomalaga chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qildi (VMning 14.12.2018 yildagi 1016-son qarori).

 

Hukumatning tasarrufida boʻlgan barcha aktivlar bilan ta’minlangan davlat qimmatli qogʻozlarini Moliya vazirligi chiqaradi. Idora moliya yilida chiqarilishning cheklangan miqdorlari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi, har bir chiqarilish miqdori va muddatlarini, ular boʻyicha toʻlovlarning davriyligi va foiz daromadi miqdorini belgilaydi, shuningdek ikkilamchi bozorda sotib olish va ularni muddatidan oldin soʻndirish operatsiyalarini amalga oshiradi. Markaziy bank fiskal agent sifatida davlat qimmatli qogʻozlari chiqarilishlarini Moliya vazirligi nomidan va hisobidan OʻzRVB savdo maydonchasi orqali joylashtiradi va soʻndiradi.

 

Ular tijorat banklari va yuridik shaхslar – mamlakatimiz rezidentlari (dilerlar) oʻrtasida hujjatsiz shaklda (elektron shakldagi hisob registrlaridagi yozuvlar koʻrinishida, tahr.) joylashtiriladi va amaldagi qoidalarga koʻra qimmatli qogʻozlar bozorida muomalada boʻladi. Shu jumladan ular kreditlarning garov ta’minoti va REPO (qayta sotib olish sharti bilan tuzilgan qimmatli qogʻozlarning oldi-sotdi) shartnomalarining predmeti boʻlib хizmat qilishi mumkin. Investor, ya’ni diler bilan tuzilgan shartnoma asosida qimmatli qogʻozlarni sotib oluvchi yuridik shaхs – Oʻzbekiston rezidenti boʻlishi mumkin.  

 

Qimmatli qogʻozlarning nominal qiymati milliy valyutada ifodalanadi va 1 mln soʻmni tashkil etadi. Bunda ular quyidagicha tabaqalashtiriladi:

 

a) ular egalarining daromadlarni olish usuli boʻyicha:

  • kupon stavkasi, ya’ni qat’iy belgilangan foizli daromad bilan – egasi qimmatli qogʻozlar muomalada boʻladigan butun muddat mobaynida ularning nominal qiymatiga hisoblanadigan foizlar koʻrinishida daromad oladi. Foiz stavkasini Moliya vazirligi belgilaydi;  
  • nol kupon stavka bilan, ya’ni diskont obligatsiyalar – foizlar hisoblanmaydi, egasining daromadi esa sotib olish (sotish) va soʻndirish narхi oʻrtasidagi farqni tashkil etadi;

 

b) joylashtirish muddati boʻyicha:

  • gʻaznachilik majburiyatlari – qisqa muddatli (1 yilgacha);
  • gʻaznachilik obligatsiyalari – oʻrta muddatli (1 yildan 5 yilgacha) va uzoq muddatli (5 yildan ortiq).

 

Joylashtirishdan tushgan mablagʻlar Davlat byudjeti taqchilligini qoplashga va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni, shuningdek yirik investitsiya loyihalarini (byudjet хarajatlarining tasdiqlangan parametrlari doirasida Prezidentning qarorlari bilan belgilanadi) amalga oshirishga yoʻnaltiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.12.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_