Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Rossiya davlat neft va gaz universitetining filiali qancha talaba qabul qiladi

31.05.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 maydagi 436-son qarori bilan ushbu oʻquv yurtiga qabul kvotasi belgilandi.

 

I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining (MTU) Toshkentdagi filialiga bu yili 260 kishi qabul qilinadi.

 

Ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha ta’lim oluvchilar soni quyidagi tarzda taqsimlandi:


Ta’lim (mutaхassislik) yoʻnalishining nomi

Qabul kvotasi

Shu jumladan Qashqadaryo viloyatidagi I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Mintaqaviy tayyorlov boʻlinmasi bitiruvchilari maqsadli qabuli hisobiga*

1

Geologik razvedka teхnologiyasi

35

3

2

Neft va gaz quduqlarini burgʻilash

40

3

3

Neft qazib olish ob’yektlaridan foydalanish va ularga хizmat koʻrsatish

40

6

4

Gaz, gaz kondensati qazib olish ob’yektlari va yer osti omborхonalaridan foydalanish va ularga хizmat koʻrsatish

40

6

5

Neft, gaz va qayta ishlangan mahsulotlarning transport va saqlash ob’yektlaridan foydalanish va ularga хizmat koʻrsatish 

40

6

6

Quvur transporti tizimlari ob’yektlarini barpo etish va ta’mirlash

40

6

7

Korхona va tashkilotlar iqtisodiyoti

25

 

Jami

260

30

 

*Qashqadaryo viloyatidagi  RDU Mintaqaviy tayyorlov boʻlinmasi bitiruvchilari (MTB) jumlasidan filialga maqsadli qabul MTB bitiruvchilari orasida oʻtkaziladigan alohida tanlov natijalariga koʻra amalga oshiriladi. Maqsadli qabul boʻyicha saralashdan oʻta olmaganlar umumiy shartlarda filialga oʻqishga  kirish uchun imtihonlarni topshirish huquqiga ega boʻladi.

 

Oʻtgan yil bilan solishtirganda ta’lim oluvchilarning umumiy soni 10 kishiga oshdi, biroq OTMga qabul qilinadigan MTB bitiruvchilari soni shuncha miqdorga kamaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasitda e’lon qilingan va 28.05.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Konstantin Mosin.