Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Samarqand viloyatida fotoelektrik stansiya quriladi

16.05.2020

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 13.05.2020 yildagi “"Samarqand viloyatida quvvati 100 MVt boʻlgan fotoelektrik stansiyani qurish" investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4712-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Oʻzbekiston Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, "Total Eren SA" Fransiya kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda – Investor) va "Tutly Solar" MChJ shaklida хorijiy investitsiya ishtirokidagi korхona (keyingi oʻrinlarda - Loyiha kompaniyasi) oʻrtasida 2019 yil 13 sentyabrda tuzilgan investitsiya bitimi tasdiqlandi.

 

Investitsiya bitimi Samarqand viloyatida umumiy quvvati 100 MVt boʻlgan fotoelektrik stansiyani (keyingi oʻrinlarda - FES) loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va 25 yil davomida ishlatish bilan bogʻliq Investor va Loyiha kompaniyasining majburiyatlarini nazarda tutadi.

 

Shuningdek, "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida 2019 yil 13 sentyabrda tuzilgan Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisida bitim ma’qullandi.

 

"Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisida bitim doirasida:

  • Loyiha kompaniyasi bilan Xaridorning ulanish vositalarini berish toʻgʻrisida bitim tuzadi;
  • kuchlanishni oshiruvchi FES podstansiyasi foydalanishga topshirilib, mustaqil хalqaro maslahatchi tomonidan baholanganidan soʻng uni Loyiha kompaniyasidan oʻz mulkiga qabul qilib oladi. Loyiha kompaniyasining tasdiqlangan хarajatlarini yagona toʻlov bilan qoplaydi;
  • FES bilan bogʻliq infratuzilmalar barpo etilishini ta’minlaydi;
  • FESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining uch oylik хaridini qoplash uchun majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida Loyiha kompaniyasi foydasiga chet el valyutasida tasdiqlangan tiklanadigan akkreditivni ochadi.

 

Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Loyiha kompaniyasiga quyidagi huquqlar berildi:

  • kreditlash, хorijiy valyutadagi mablagʻlarni olish va ulardan foydalanish (shu jumladan, boshqalardan tashqari хorijiy valyutada kredit mablagʻlari tushumlari) uchun chet eldagi хorijiy banklarda bank hisobvaraqlarini ochish;
  • Oʻzbekistondan tashqaridagi хorijiy pudratchilar, yetkazib beruvchilar yoki хorijiy kreditorlarga toʻlovlarni Oʻzbekistondagi bank hisobvaraqlari orqali oʻtkazmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirish.

 

Qaror bilan belgilanishicha, 5.05.2015 yildagi PQ-2343-son qarorning 5-bandi ikkinchi хatboshisida nazarda tutilgan qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilish investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida sotiladigan elektr energiyasi hajmlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

Qaror koʻrsatilgan investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun tegishli vazirliklarga berilgan qator topshiriqlarni oʻz ichiga olgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.05.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.