Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Samarqand viloyatida “mahallabay” ishlash tizimi joriy etiladi

07.05.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 6.05.2021 yildagi “Samarqand viloyatida eksperiment tariqasida mahallabay ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5105-son qarori qabul qilindi.

 

Qarorga asosan, 2021 yil 1 iyundan boshlab Samarqand viloyati tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasida "mahallabay" ishlash tizimi eksperiment tariqasida joriy etiladi.

 

Bunda:

  • “mahallabay” ishlash markazlari (keyingi oʻrinlarda - Markazlar) davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi;
  • tuman (shahar)lardagi har uchta mahallaga bittadan mahallabay ishlash inspektorlari biriktiriladi;
  • mahalla fuqarolar yigʻini raisining tadbirkorlik va tomorqa masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi joriy etiladi;
  • hokimning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari hamda mahalla fuqarolar yigʻini raisining tadbirkorlik va tomorqa masalalari boʻyicha oʻrinbosarining oʻzaro uzviy hamkorlikda ishlashi ta’minlanadi.

 

Markazlar faoliyati Pastdargʻom, Urgut va Bulungʻur tumanlarida joriy yil 1 iyundan boshlab hamda Samarqand viloyatining qolgan tuman (shahar)larida 1 avgustga qadar tashkil etiladi.

 

Markazlarning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari:

  • aholining bandligini ta’minlash va doimiy daromad manbaini yaratish orqali kambagʻallikni qisqartirish choralarini koʻrish;
  • “mahallabay” ishlash asosida tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish hamda aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish;
  • tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan fuqarolarga, jumladan ayollar va yoshlarga kredit hamda subsidiyalar olishda koʻmaklashish;
  • tadbirkorlik, hunarmandchilik qilish istagini bildirganlarga zamonaviy asbob-uskunalar hamda mini-teхnologiyalar topishda koʻmaklashish;
  • mahalladagi infratuzilma bilan bogʻliq muammolarni hal etish choralarini koʻrish hamda хorijda mehnat faoliyatini yuritish va malaka oshirish istagini bildirgan fuqarolar bilan ishlash.

 

Aholi va tadbirkorlar murojaatlarini qabul qilish va hal etishda shaffoflikni ta’minlash va inson omilini kamaytirish maqsadida Markaz va mahalla fuqarolar yigʻini faoliyatini oʻzaro bogʻliq holda raqamlashtirishni nazarda tutuvchi "Onlayn mahalla" dasturiy ta’minoti ishlab chiqiladi.

 

Prezident huzuridagi Davlat хizmatini rivojlantirish agentligiga Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda mazkur eksperimentni 2022 yil 1 yanvardan boshlab respublikaning boshqa hududlarida joriy qilish maqsadga muvofiqligi yuzasidan taklif kiritish topshirildi.

 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.05.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.