Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Shifokorlar elektron retsept rasmiylashtirishni boshlaydi

05.07.2019

Rus tilida oʻqish

 

Bu “elektron sogʻliqni saqlash” tizimini yaratish doirasidagi navbatdagi qadam (VMning 2.07.2019 yildagi 549-son qaroriga qarang).

  

Eslatib oʻtamiz,  “elektron sogʻliqni saqlash”ni joriy etish – mamlakatimiz tibbiyotini isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlaridan biri.  Uning doirasida onlayn-navbat, elektron hujjatlar aylanishi va boshqa integratsiyalashgan  aхborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini joriy etish yoʻli bilan sohani bosqichma-bosqich raqamlashtirish koʻzlanmoqda (7.12.2018 yiladgi PF-5590-son Farmonga qarang).

 

Dorilar shu jumladan elektron retseptlar asosida chakana sotiladi. Bu shifokorning dori preparatini tayyorlash va (yoki) berish hamda uning qoʻllanilish usuli toʻgʻrisidagi koʻrsatmasini oʻz ichiga olgan, ERI bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning boshqa rekvizitlarga ega boʻlgan elektron hujjatdir.

 

Dori vositalarini elektron retseptlar asosida chakana realizatsiya qilish uchun Farmatsevtika mahsulotlarining harakatini nazorat qilish va hisobga olishning aхborot tizimi ishga tushiriladi (uni 1 iyuldan joriy etishlari kerak edi, tahr.). Dori vositalarini berishda farmatsevt tegishli kataklarga berilgan preparatning nomi, seriya raqami, ismi, otasining ismi, familiyasini kiritib, uni elektron imzo bilan tasdiqlashi kerak.

 

Shu munosabat bilan doriхona va ularning filiallarida internetga doimiy kirish imkonini beruvchi kompyuter yoki boshqa turdagi telekommunikatsiya tarmoqlari bilan oʻzaro bogʻlanadigan teхnik vositalari boʻlishi kerak. Bu litsenziya olish uchun yangi talab.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.10.2019 yildan kuchga kiradi.

 

Oleg Zamanov.