Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sud orqali undiriladigan soliqlar boʻyicha eng kam qarz 25%ga oshirildi

29.12.2018

Rus tilida oʻqish


Prezidentning 26.12.2018 yildagi PQ–4806-son qarori bilan undiruvni soliq toʻlovchilarning mol-mulkiga qaratish uchun soliq boʻyicha qarzlarning eng kam miqdorlari tasdiqlandi.

 

Yuridik shaхs yoki yakka tartibdagi tadbirkor soliqlar va (yoki) boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlamagan taqdirda soliq organi 3 kun ichida qarzni soʻndirish haqida talabnoma yuboradi. Ayni shu 3 kun ichida soliq toʻlovchining hisob-kitob schyotlariga inkasso qoʻyiladi.

 

Agar talabnoma olingan paytdan boshlab 10 kun ichida qarz uzilmagan, bank esa schyotlarda pul yoʻqligi sababli inkasso topshiriqnomasini bajarmagan boʻlsa, soliq qarzi oʻzaro hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasi asosida soliq toʻlovchining debitorlaridan (qarzdorlaridan) undirilishi lozim. Bu ham natija bermasa, soliqchilar yuridik shaхs yoki yakka tartibdagi tadbirkorning boshqa mol-mulki hisobidan qarzni soʻndirish maqsadida sudga murojaat qiladilar.

 

Fuqarolar bilan undiruv taomili osonroq kechadi – darhol sudga murojaat qiladilar.

 

Biroq cheklov mavjud: agar qarz muayyan miqdorga yetmagan boʻlsa, soliq organlari sudga da’vo arizasi bera olmaydilar. 2018 yilda u yuridik shaхslar va ularning alohida boʻlinmalari uchun 20 EKIHni, fuqarolar uchun esa 5 EKIHni tashkil etgan. Aniq pul summasiga qayta hisob-kitob qilish chogʻida yil boshidagi EKIH – 172 240 soʻm qabul qilingan. 2019 yilda Prezident qarori bilan EKIH indeksatsiyalanishi hisobiga qayta hisob-kitob qilinadigan summalar belgilandi, bu qoida amalda qoʻllanilishini osonlashtirdi.

 

Oʻsish dinamikasi – jadvalda:

 

Soliq toʻlovchining toifasi

2018 yilda eng kam qarz

2019 yilda eng kam qarz

Soliq kodeksiga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyati yuklatilgan yuridik shaхslar va ularning alohida boʻlinmalari

3 444 800 soʻm

4 054 600 soʻm (+25%)

Jismoniy shaхslar

861 200 soʻm

1 013 700 soʻm (+25%)

 

Bu – muhim! Soliq organlariga bir oyda 2 EKIH doirasidagi soliq qarzini fuqarolarning plastik kartalaridan soʻzsiz (sudsiz) undirib olish huquqini beradigan Nizom hali qabul qilinmadi. Markaziy bank  loyiha yuzasidan oʻz e’tirozlarini bildirdi.  

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.12.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Samir Latipov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_