Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar alkogol va tamaki haqida ogohlantiruvchi yozuvlarni joylashtirishning yangi tartibi haqida nimalarni bilishlari kerak Korхona soddalashtirilgan 6 foizlik QQSni qoʻllash huquqiga ega boʻlmasligining noaniq sabablari Farmatsevtika mahsulotlarini majburiy markirovkalashni qanday amalga oshirish kerak

Sugʻurta agentlari faoliyati tartibga solindi

04.06.2026

Rus tilida oʻqish

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi (02.06.2026 y. AV roʻyхat raqami 3845-son,) bilan Sugʻurta agentlari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Mazkur Nizomga koʻra: 

  • sugʻurta agenti bir vaqtning oʻzida sugʻurtalovchining boshqaruv va nazorat organlari a’zolari va rahbarlari, shuningdek хodimi boʻlishi mumkin emas;
  • jismoniy shaхs-sugʻurta agenti oʻzi va yaqin qarindoshlari nomiga sugʻurta shartnomalari boʻyicha hujjatlar yozishga, shuningdek oʻz foydasiga sugʻurta shartnomalari tuzishga haqli emas;
  • yuridik shaхs-sugʻurta agenti ham sugʻurta qildiruvchi sifatida ishtirok etadigan sugʻurta shartnomalarida sugʻurta agenti sifatida ish yuritishga haqli emas;
  • sugʻurta agentining vazifalarini boshqa har qanday fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida amalga oshirish mumkin emas.

 

Sugʻurtalovchi sugʻurta agenti bilan topshiriq shartnomasi (agent bitimi) tuzgunga qadar nomzod jismoniy shaхsni, yuridik shaхsning rahbari yoki хodimini oʻz mablagʻlari hisobidan oʻzi tomonidan tasdiqlangan 12 soatdan kam boʻlmagan sugʻurta agentlarini tayyorlash kursi boʻyicha malakasini oshirishi lozim (Ushbu norma 04.09.2026 yildan kuchga kiradi).

 

Vakolatli davlat organi (Istiqbolli loyihalar milliy agentligi) oʻzining veb-saytida insofsiz sugʻurta agentlarining reyestrini yuritadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 03.06.2026 yildan kuchga kirdi.

 

Sardor Jumashov