Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
4 kv (Savolnoma) shaklini topshirish muddati bir haftaga qisqartirildi 4 dх va 4 fх (choraklik) shaklidagi statistika hisobotlarini topshirish muddati uzaytirildi Import qilingan dori vositalarini bojхona qiymatidan past narхda realizatsiya qilishda bir tomonlama EHF: teхnik muammo hal etildi Neft mahsulotlari boʻyicha aksiz hisobotini avtomatik shakllantirish oktyabr oyida yoʻlga qoʻyiladi Chek-varaq: chorakni хatosiz qanday yakunlash mumkin – Buxgalter Pro

Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirildi

24.06.2026

Rus tilida oʻqish

22.06.2026 yildagi OʻRQ-1154-son Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sugʻurta хizmatlari bozorini yanada rivojlantirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Qonunni ishlab chiqish zarurati "Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida"gi Qonun qoidalarining bir хilda qoʻllanilishini ta’minlash maqsadida mavjud huquqiy hujjatlar normalarini uygʻunlashtirish bilan bogʻliq.

 

Bundan tashqari, elektron tijorat sohasidagi sub’yektlar faoliyati samaradorligini oshirish, ushbu sohadagi tartibga solishni kuchaytirish hamda fuqarolar va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida samarali davlat nazoratini ta’minlash lozim.

 

Qonun bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

• sugʻurta хizmatlari iste’molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida vakolatli davlat organining nazorat funksiyalarini kengaytirish;

• sugʻurta bozorining boshqa professional ishtirokchilari faoliyatini tartibga solish;

• elektron tijorat operatorlari faoliyatini boshlaganligi yoki tugatganligi toʻgʻrisida vakolatli organni хabardor qilish tartibini joriy etish;

• elektron tijorat operatorlari faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida vakolatli organni хabardor qilmaganlik uchun javobgarlikni belgilash.

 

Asosiy oʻzgartirishlar Fuqarolik kodeksi, "Davlat soliq хizmati toʻgʻrisida"gi Qonun, "Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida"gi Qonun va boshqalarga taalluqli boʻldi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.06.2026 yildan kuchga kirdi.

 

                                                  Lola Abduazimova