Vazirlar Mahkamasining 11.06.2026 yildagi 299-son qarori bilan Xorijiy va nodavlat OTTlaridan talabalar oʻqishini davlat oliy ta’lim tashkilotlariga koʻchirish boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Yangi tartibga koʻra, bu borada vakolatli davlat organi etib Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi belgilandi.
Reglamentga muvofiq, talabalar har yili 15 iyuldan 5 avgustga qadar YaIDXP, Agentlikning maхsus elektron platformasi yoki Davlat хizmatlari markazlari orqali ariza topshirishlari mumkin.
Ariza va hujjatlar 15 iyuldan 6 avgustgacha koʻrib chiqiladi, shundan soʻng oʻqishni koʻchirish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Hujjatlarni toʻliq taqdim etmaslik, notoʻgʻri ma’lumotlar kiritish yoki belgilangan yigʻimni oʻz vaqtida toʻlamaslik arizani rad etish uchun asos boʻladi. Qabul qilish yoki rad etish toʻgʻrisidagi qaror talabaga elektron platformalar orqali yuboriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.06.2026 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova




