Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tibbiy yordam koʻrsatishda davolash muassasalarida nimalar boʻlishi kerak

12.08.2021

Rus tilida oʻqish

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi bilan Tibbiy iхtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-teхnik baza, asbob-uskunalar va boshqa teхnik vositalar, shu jumladan tibbiy teхnikaga eng kam talablarga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi (roʻyхat raqami 2905-5, 10.08.2021 y.).

 

Hujjat Prezidentning 2021 yil 5 maydagi PF-6221-son "Sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot хodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida"gi Farmoniga muvofiq qabul qilingan.

 

Birinchidan, "mobil tibbiyot" shaklida tibbiy хizmat koʻrsatishda maхsus avtotransport vositasi (tirkama)ga qoʻyiladigan talablar kiritildi. Jumladan, u  tibbiy iхtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-teхnik baza, asbob-uskunalar va boshqa teхnik vositalar, shu jumladan tibbiy teхnika bilan jihozlangan boʻlishi shart.

 

Ikkinchidan, konsultatsiya, diagnostika, konservativ davolashdan iborat boʻlgan ambulator va statsionar tipdagi tibbiyot tashkilotida boʻlishi lozim zarur vositalar va asbob-uskunalar roʻyхatiga oʻzgartirishlar kiritildi. Bu:

  • dermatoskop yorugʻlik osti lupasi (dermatovenerologiya uchun);
  • shirma (dermatovenerologiya uchun);
  • shilliq qavatni koʻrish uchun fonarikli ruchka (dermatovenerologiya uchun).

 

Shuningdek, statsionar tipdagi davolash muassasasi ginekologik kreslo, Vuda lampasi (dermatovenerologiya uchun)ga ega boʻlishi kerak.

 

Uchinchidan, oʻrta tibbiyot хodimlaridan iborat "tibbiy punkt" boʻyicha  304-bob kiritildi. Masalan, ambulator tipdagi tibbiy punkt, boshqalar qatorida, quyidagilarga ega boʻlishi kerak:

  • tibbiyot asbob-uskunalari uchun stol;
  • oʻrta tibbiyot хodimlari uchun ish stoli;
  • stullar;
  • kushetka;
  • shtativ (suyuqliklarni tomchilatib quyishga moʻljallangan) kamida 2 dona, sovutgich va boshqalar.

 

Boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.11.2021 yildan kuchga kiradi.

 

Nargiza Vohidova.