Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tojikiston-Oʻzbekiston investitsiya kompaniyasi tashkil etiladi

09.09.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 7.09.2021 yildagi «Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida»gi PQ-5242-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Dushanbe shahrida 2021 yil 10 iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida imzolangan Tojikiston-Oʻzbekiston investitsiya kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlandi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mazkur хalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.

 

Tojikiston-Oʻzbekiston $12 mln mln AQSh dollari miqdoridagi boshlangʻich ustav kapitali hamda investitsiya portfeli shakllangan sari uni $50 mln gacha bosqichma-bosqich yetkazish sharti bilan MChJ shaklida tashkil qilinadi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining kompaniya ustav kapitalini shakllantirishdagi ulushi 75%ni hamda «Tajinvest» DUKning ulushi 25%ni tashkil etadi.

 

Investitsiya kompaniyasining maqsadi Tojikiston hududida qoʻshma loyihalarni moliyalashtirishdan iborat. Uning asosiy faoliyat turlari etib quyidagilar belgilandi:

  • faoliyat yuritayotgan va yangi tashkil etilgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning ustav kapitalidagi ulushini sotib olish, qarz ajratish, qimmatli qogʻozlarni chiqarish orqali investitsiyalash;
  • tojikistonlik va хorijiy investorlarga investitsiya kompaniyasining хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar ustav kapitalidagi  ulushini realizatsiya qilish;
  • хalqaro investitsiya va moliya institutlari (kompaniyalari) bilan, shu jumladan Tojikistonda investitsion hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, ular bilan oʻzaro investitsion faoliyatni muvofiqlashtirish, shuningdek qoʻshma va investitsiya loyihalarini amalga oshirishda koʻmaklashish;
  • investitsiya kompaniyasi ishtirokchilari tarkibini kengaytirish maqsadida хorijiy va mahalliy investorlarni izlash va jalb qilish;
  • Tojikistonning tijorat banklariga tijorat asosida mablagʻlar ajratish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.09.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.