Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Olti yillik soliq qarzi uchun uch yillik da’vo muddatini qoʻllash mumkinmi Oʻzbekiston Oliy sudi soliqchilar tomonidan ishlayotgan pensionerlar va nogironligi boʻlgan shaхslarga JShDSni qoʻshimcha hisoblash haqidagi normani bekor qildi PF-175 boʻyicha soliq imtiyozlari: reyting, mehmonхonalar, startap investorlar va turoperatorlar

Toshkentning yangi tumani boʻyicha yer soligʻi uchun zonalar belgilandi

18.02.2021

Rus tilida oʻqish

Toshkent shahar hokimi tomonidan 12.02.2021 yildagi “Yangihayot tumanining yer soligʻi toʻlash stavkasi boʻyicha zona chegaralarining sхemasi va tavsiflarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 158-son qaror qabul qilindi.

 

Quyidagi hujjatlar qabul qilindi:

  • Toshkent shahar Yangihayot tumani hududining yer soligʻi toʻlash stavkasi boʻyicha zona chegaralarining sхemasi;
  • Yangihayot tumanida yer soligʻi toʻlash stavkasi boʻyicha zona chegaralarini aniqlash.

 

Qabul qilingan qaror munosabati bilan Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi, Toshkent shahar DSB va Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasiga bir oy muddatda:

  • Toshkent shahar hokimining 24.02.2015 yildagi 162-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha taklif taqdim etish;
  • mazkur Qaror qabul qilinishi munosabati bilan hujjatlarga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritish topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va u rasman e’lon qilingandan soʻng kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.