Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tumanlar byudjetining 5 foizi aholining tashabbusli loyihalariga yoʻnaltiriladi

28.10.2022

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 25.10.2022 yildagi «Jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-409-son qaror imzolandi.

 

Hujjatga muvofiq tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlari natijasi boʻyicha 2 mingdan ziyod ovoz toʻplagan 364 ta loyihani moliyalashtirish uchun 335 mlrd soʻm yoʻnaltiriladi. 

Ma’lumot uchun: loyihalar sonining eng koʻpi Fargʻona (63 ta ) va Surхondaryo (43 ta) viloyatlariga toʻgʻri keladi.

 

Shuningdek, 2023 moliya yilidan boshlab:

  • “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida moliyalashtiriladigan tadbirlar jamoatchilik fikri asosida “Ochiq byudjet” aхborot portali orqali ovoz berish yoʻli bilan aniqlanadi. Bunda aholi tomonidan taklif etilayotgan tadbirlar har bir mahalla boʻyicha bitta loyihalar paketi shaklida ovozga qoʻyiladi;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlarning byudjetlari va Toshkent shahrining byudjetida shakllangan qoʻshimcha mablagʻlarning
    30 foizi tuman (shahar)larda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmalariga mavjud aholi soni va mahallalar sonidan kelib chiqib, teng ulushlarda yoʻnaltiriladi;
  • Tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlari uchun (tuman) shahar byudjetlarining 5 foizi, biroq kamida 6 mlrd soʻm miqdorida mablagʻ rejalashtiriladi.

 

Bundan tashqari, yangi tartibga koʻra:

  • tuman (shahar) byudjetlari mablagʻlari doirasida jamoatchilik fikri asosida “Ochiq byudjet” aхborot portali orqali tadbirlarni shakllantirish va ularga ovoz berish jarayonining birinchi mavsumi – har yili fevral-mart oylarida, ikkinchi mavsumi har yili iyun-iyul oylarida;
  • “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida jamoatchilik fikri asosida “Ochiq byudjet” aхborot portali orqali keyingi yil uchun tadbirlarni shakllantirish va ularga ovoz berish jarayoni – har yili noyabr-dekabr oylarida oʻtkaziladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.10.2022 yildan kuchga kirdi. 

 

Sobir Nurberdiyev.