Prezidentning 18.07.2025 yildagi F-43-son farmoyishi bilan davlat oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.
Hujjat soha va tarmoqlarda talab yuqori boʻlgan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari boʻyicha 4 yil muddatga oliy malakali kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini joylashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Xususan, kunduzgi ta’lim boʻyicha quyidagi yoʻnalish va sohalari kesimida bakalavrlar tayyorlash rejalashtirilgan, ularning umumiy hisobi:
Oʻquv yili |
kishi |
2025/2026 |
35 500 |
2026/2027 |
36 023 |
2027/2028 |
36 460 |
2027/2028 |
36 761 |
Xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda respublikada faoliyat yuritayotgan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida kadrlar tayyorlash uchun 1 320 ta davlat granti ajratiladi.
Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasining tavsiyanomasini olgan oliy ma’lumotga ega boʻlmagan хotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakliga davlat granti asosida umumiy belgilangan qabul parametrlariga qoʻshimcha ravishda 4 000 ta davlat granti ajratiladi.
30 ta davlat granti Oʻzbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalarida oʻqish istagini bildirgan хorijdagi yosh vatandoshlarimizga ajratiladi.
Belgilanishicha, 2025/2026 oʻquv yilida davlat oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishda toʻplagan ballariga muayyan miqdordagi qoʻshimcha ball koʻrinishidagi imtiyozga ega boʻlgan abituriyentlar tanlagan bakalavriat ta’lim yoʻnalishi boʻyicha muayyan oʻtish balini va undan yuqori ball toʻplagan taqdirda, qoʻshimcha davlat granti yoki kunduzgi toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etiladi.
Davlat komissiyasi 2025/2026 oʻquv yili uchun bakalavriatga qabul qilish boʻyicha quyidagilarni tasdiqlaydi:
• oliy ta’lim muassasalari, ta’lim shakllari va tillari kesimida qabulning umumiy parametrlari;
• imtiyozga ega abituriyentlar uchun qoʻshimcha qabul parametrlari;
• tegishli bakalavriat ta’lim yoʻnalishi boʻyicha oʻtgan oʻquv yilidagi oʻrtacha oʻtish balli hisobga olingan holda davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilishning minimal oʻtish bali;
• buyurtmalarga muvofiq hududlar, soha va tarmoqlarning kadrlarga boʻlgan ehtiyojini ta’minlash uchun davlat granti asosidagi umumiy qabul parametrlari doirasida maqsadli qabul kvotalari va ushbu kvotalarni tuman (shahar)lar kesimida taqsimlash;
• ta’lim sohalari (bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari) kesimida har bir ta’lim yoʻnalishi boʻyicha umumiy qabul parametrlarida davlat granti kvotasining ulushi.
Farmoyish bilan sohalar va yoʻnalishlar boʻyicha 4 yillik magistrlar tayyorlash parametrlari tasdiqlandi. Davlat komissiyasiga magistratura mutaхassisliklariga qabul parametrlarini oliy ta’lim muassasalari va ta’lim tillari kesimida davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida ajratgan holda belgilash topshirildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.07.2025 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova