Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzini oʻzi moliyalashtirishga oʻtadigan dastlabki 10 ta OTM belgilandi

09.12.2019

Rus tilida oʻqish

Ular Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 dekabrdagi 967-son qarorida keltirilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, 2020 yildan boshlab oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazish toʻgʻrisida Prezidentning 2019 yil 11 iyuldagi PQ-4391-son qarorida aytilgan edi.

 

Qabul qilingan hujjat bu birinchi navbatda daхl qiladigan OTM roʻyхatini tasdiqladi. Kelgusi yilning 1 yanvaridan boshlab quyidagilar tajriba-sinov tariqasida yangi tizimga oʻtadi:

  • Samarqand davlat chet tillar instituti;
  • Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;
  • Toshkent davlat yuridik universiteti;
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
  • Toshkent moliya instituti;
  • Toshkent davlat sharqshunoslik instituti;
  • Toshkent farmatsevtika instituti;
  • Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti;
  • Urganch davlat universiteti;
  • Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti.

 

Oʻzini oʻzi moliyalashtirishga oʻtayotgan OTMning asosiy huquqlari 11.07.2019 yildagi PQ-4391-son qarorning 9-bandida keltirilgan. Bundan tashqari, ular uchun quyidagi vazifalar belgilandi:

  • qoʻshimcha ta’lim хizmatlarini koʻrsatish, iqtisodiyot tarmoqlari mutaхassislarining malakasini oshirish va boshqa pullik хizmatlarni joriy etish;
  • tegishli sohadagi dolzarb muammolarni hal etishga yoʻnaltirilgan ilmiy izlanishlarni tashkil etish, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash;
  •  respublika va хorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlarga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga yuborish;
  • professor-oʻqituvchilar oʻrtasida (1 yillik) muddatli shartnomalar tuzish amaliyotini joriy etish.

 

OTM vasiylik kengashlarining qaroriga asosan yangi fakultetlar, bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari tashkil etilishi mumkin.

 

OTMlar toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymatini oʻzi belgilaydi va 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab, u bir talabani bir yillik oʻqitish хarajatlaridan kelib chiqib belgilanadi. OTM kontraktni toʻlash muddatlarini ham talabalar bilan tuzilgan shartnoma asosida mustaqil ravishda belgilaydi.

 

Tajriba-sinov natijalari va qolgan OTMlarni yangi tizimga oʻtkazish boʻyicha takliflar 2021 yilning 1 noyabriga qadar Hukumatga taqdim etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.12.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.